>Amerikada ayozli qish: -53 darajali havo harorati kutilmoqda
- Категории: Yangiliklar
- Название: >Amerikada ayozli qish: -53 darajali havo harorati kutilmoqda
- Дата релиза: 01-02-19, 01:03
Ayova shtati hukumati mahalliy aholiga imkoni boricha chuqur nafas olmaslik va ko'chada gaplashmaslikni tavsiya qilishdi.
AQShda meteorologlar fuqarolarni anomal sovuq kunlar boshlanishi haqida ogohlantirdi, deb xabar qilmoqda BBC.
Ayrim joylarda havo harorati – 53 darajagacha pastlashi mumkin. Meteorologlar ushbu noodatiy holatni qutbdagi bo'ronlar ta'siri deb tushuntirishmoqda.
Ayova shtati hukumati mahalliy aholiga imkoni boricha chuqur nafas olmaslik va ko'chada gaplashmaslikni tavsiya qilishdi. Viskonsin, Michigan va Illinoys shtatlarida favqulodda holat e'lon qilingan. Shuningdek, janubiy shtatlarda – Alabama va Missisipida ham favqulodda holat e'lon qilingan.
Mutaxassislar so'zlariga ko'ra, ko'chada 10 daqiqa turishning o'zi sovuq oldirish xavfini keltirib chiqaradi.
Seshanbadan payshanbagacha eng sovuq havo harorati kutilmoqda. Chikago shahridan Antraktidadan ham sovuqroq ob-havo harorati kuzatiladi. Havo harorati – 33 darajagacha pastlaydi, biroq kuchli shamol sababli havo harorati – 46 daraja bo'lib tuyuladi.
So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, sovuqdan halok bo'lgan soni 5 kishiga yetgan. AQShda 1100 dan ortiq ichki aviareyslar bekor qilingan. AQSh shimolidagi ko'plab shaharlarda sovuq tufayli maktablar, turli muassasalar, muzeylar yopilmoqda. Jamoat transporti qiyinchilik bilan ishlamoqda. Ba'zi shaharlarda uyi yo'qlar uchun isitish markazlari tashkil etilgan.
Manba: Hordiq.uz