Главная » Yangiliklar » H​ojatxonaga tushib ketgan qimmatbaho telefonni olaman deb, ikki kishi vafot etdi
H​ojatxonaga tushib ketgan qimmatbaho telefonni olaman deb, ikki kishi vafot etdi

H​ojatxonaga tushib ketgan qimmatbaho telefonni olaman deb, ikki kishi vafot etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: H​ojatxonaga tushib ketgan qimmatbaho telefonni olaman deb, ikki kishi vafot etdi
  • Дата релиза: 26-03-18, 16:02
H​ojatxonaga tushib ketgan qimmatbaho telefonni olaman deb, ikki kishi vafot etdi
Hojatxonaga tushib ketgan qimmatbaho telefonni olmoqchi bo`lgan va uni olmoqchi bo`lgan fuqaroni qutqarmoqchi bo`lgan shaxs ham vafot etdi. Bir kishi esa zaharlandi.

Namangan viloyatining Pop tumanida 25 mart kuni soat 22.00larda Oybek MFY Bobur ko`chasi 14-uyda yashagan, 1986 yilda tug`ilgan B.Rahmatov uyi hovlisida joylashgan hojatxonasiga tushib ketgan “I Phone” mobil telefonini olish maqsadida qo`shnisi, shu ko`cha 1985 yilda tug`ilgan E.Niyazovni yordamga chaqirib, B.Rahmatov arqon yordamida hojatxona ichiga tushgan va hushini yo`qotgan, shunda E.Niyazov, B.Rahmatovni qutqarish maqsadida hojatxona ichiga tushib u ham hushini yo`qotgan, shundan so`ng B.Rahmatovning birga yashovchi otasi, 1956 yilda tug`ilgan H.Rahmatov ularni qutqarish maqsadida hojatxonaga tushgan vaqtida u ham is gazidan zaharlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, E.Niyazov, B.Rahmatov, H.Rahmatovlar O`zR FVV viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan chuqurdan olib chiqilganlarida E.Niyazov va B.Rahmatovlar zaxarlanib voqea joyida halok bo`lganlari aniqlanib, H.Rahmatov esa kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: