Har oyning uchinchi juma kunida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o`tkaziladi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Har oyning uchinchi juma kunida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o`tkaziladi
- Дата релиза: 02-09-18, 18:19
Yo`l harakati xavfsizligi kunini o`tkazish va yo`l-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi “Huquqiy axborot” kanali.
“Yo`l harakati xavfsizligi targ`ibot kuni” doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qilish, monitoringini olib borish, shuningdek, vakolatli organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirish Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qarorga muvofiq, “Yo`l harakati xavfsizligi targ`ibot kuni”ni o`tkazish bo`yicha dastur tasdiqlandi.
Shuningdek, ushbu hujjat bilan Ichki ishlar vazirligining tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda keng jamoatchilik ishtirokida har oyning uchinchi juma kunida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o`tkazilishini yo`lga qo`yishi belgilandi.
Bundan tashqari, Xalq ta`limi vazirligi zimmasiga tegishli vazirliklar bilan birgalikda “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” majburiy fanini joriy etish dasturlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Manba: Darakchi.uz