Главная » Yangiliklar » Haydovchilik guvohnomasi yangisiga qanday almashtiriladi?
Haydovchilik guvohnomasi yangisiga qanday almashtiriladi?

Haydovchilik guvohnomasi yangisiga qanday almashtiriladi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Haydovchilik guvohnomasi yangisiga qanday almashtiriladi?
  • Дата релиза: 13-09-18, 22:07
Haydovchilik guvohnomasi yangisiga qanday almashtiriladi?
Davlat xizmatlari markazlarida 20 minutda haydovchilik guvohnomasini yangilash mumkin, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

“Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun faqat haydovchilik guvohnomasi, talon hamda pasport kerak bo`ladi holos. Hammasiga bor yo`g`i 20 minut vaqtingiz sarflanadi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek xabarda aytilishicha 129 010 so`m pul ham kerak bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari prezident qaroriga asosan 2017yilning dekabr oyida tashkil qilingan edi. Ayni damda Agentlik aholiga va tadbirkorlarga 31 ta davlat xizmatlarini ko`rsatish imkoniyatiga ega. Agentlikning hududiy bo`linmalari Qoraqalpog`iston respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida ochilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: