Главная » Yangiliklar » Hindistonlik ayol o‘ziga hamla qilgan qoplonni belkurak bilan urib o‘ldirdi
Hindistonlik ayol o‘ziga hamla qilgan qoplonni belkurak bilan urib o‘ldirdi

Hindistonlik ayol o‘ziga hamla qilgan qoplonni belkurak bilan urib o‘ldirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Hindistonlik ayol o‘ziga hamla qilgan qoplonni belkurak bilan urib o‘ldirdi
  • Дата релиза: 27-08-14, 22:38
Hindistonlik ayol o‘ziga hamla qilgan qoplonni belkurak bilan urib o‘ldirdi

Hindistonlik ayol o‘ziga tashlangan qoplonni u bilan yarim soatlik jangdan so‘ng qishloq xo‘jalik asboblari yordamida o‘ldirdi, deya xabar bermoqda BBC.

 Hindistonning Uttarakxand shtati fuqarosi 56 yoshli Kamla Deviga yaqindagi daraxtlar orasidan chiqib kelgan qoplon hamla qilganida u kanaldan suv olayotgan edi. O‘sha vaqtda ayolning qo‘l ostida o‘zini himoya qilish uchun belkurak va o‘roq bo‘lgan. “Yirtqich bilan kurashayotgan paytimda tirik qolishimga umid ham qilmagandim, biroq sabr-toqat va jasoratimni yo‘qotib qo‘ymadim”, — dedi u keyinroq.

 Qoplon bilan yarim soatcha jang qilganidan keyin, ayol uning jonsiz bo‘lib qolganini sezgan. Hodisadan so‘ng Devini kasalxonaga eltishdi, uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Biroq shifokorlar uning omon qolganidan hayratda. “Uning o‘ng qo‘li ikki joyidan, chap qo‘li bir joyidan singan, bosh va oyoqlari jiddiy jarohat olgan, butun tanasida tish izlari bor”, — dedi ayolning shifokori Abdul Rahul.

 Sem Nauti qishlog‘i fuqarolari so‘nggi paytlarda tez-tez qoplonlar hujumiga uchramoqda, chunki ular yirtqichlar yashaydigan joylarga kirib bormoqda. O‘tgan haftaning o‘zidayoq Uttarakxandda ikki kishi qoplonlar hujumidan halok bo‘lgan.

Логин:
Пароль: