Ijtimoiy tarmoqlar odamlarni yovuz va hasadgo‘y qilib qo‘yishi aniqlandi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Ijtimoiy tarmoqlar odamlarni yovuz va hasadgo‘y qilib qo‘yishi aniqlandi
- Дата релиза: 28-07-14, 21:56
Scope xayriya tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odamlarni baxtsizroq va hasadgo‘y qilib qo‘yadi. Bu haqda Sky News’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa foydalanuvchilar bilan suhbatlashganlarning deyarli uchdan ikki qismi o‘zini baxtsiz va yolg‘iz deb his qiladi. So‘rovnomada qatnashgan 1500 nafar foydalanuvchining yarmi esa o‘zining e’tiborni jalb qila olish qobiliyatiga ega emasligiga ishonch hosil qilgan.
Bundan tashqari, tadqiqot ishtirokchilarning ko‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlarga tobe bo‘lib qolganiga iqror bo‘lib, ularni kam ishlatishdan faqat xursand bo‘lishini aytdi.
Shuningdek, foydalanuvchilardan yarmining suhbatdoshi jo‘natgan o‘ta shaxsiy, hissiyotga boy xabarlardan jahli chiqishi aniqlandi.
“Odamlar juda ko‘p vaqtini internetda sarflaydi. Bu esa, ko‘p hollarda ularning tajang bo‘lib qolib, o‘zini xunuk deb bilishiga olib keladi. Odamlar ‘raqamli giyohvandlik’dan dam olishlari kerak”, deydi Scope’ning vakili.