INSON SOG`LIGI UChUN ZARARLI BO`LGAN TANA VAZNI ANIQLANDI
- Категории: Yangiliklar
- Название: INSON SOG`LIGI UChUN ZARARLI BO`LGAN TANA VAZNI ANIQLANDI
- Дата релиза: 19-07-17, 16:23
INSON SOG`LIGI UChUN ZARARLI BO`LGAN TANA VAZNI ANIQLANDI
Amerikalik olimlar inson tanasi vazni ortishining sog`liqqa ta`sirini o`rganishdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Tadqiqot xulosalari AQShning Garvard universiteti JAMA jurnalida chop etildi. Ayollarda 18 yoshdan 55 yoshgacha, erkaklarda esa 21 yoshdan 55 yoshgacha bo`lgan davrda umri davomida vazni o`zgarmaganlarga qaraganda, tana vazni 5 kilogrammga ortsa, yurak qon-tomir kasalliklari, saraton, qandli diabet kasalliklariga chalinish xavfi kuchayadi.
Tadqiqot mualliflari taxminan 93 ming nafar ayolni va 25 ming nafar erkakni tekshiruvdan o`tkazib, tahlil qilishlari natijasida shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqotda ishtirok etgan ayollarning o`rtacha tana vazni 37 yoshgacha 12,6 kilogrammga, erkaklarning tana vazni esa 34 yoshgacha 9,7 kilogrammga ortgan. Ekspertlar amerikaliklar butun hayotlari davomida yiliga 0,5 kilogrammga semirishini, bu esa keksalik davrida negativ ta`sir qilishini aniqlashdi.
Manba: Darakchi.uz