Главная » Yangiliklar » Internet foydalanuvchilari Facebook’dan 99 kunga voz kechdi
Internet foydalanuvchilari Facebook’dan 99 kunga voz kechdi

Internet foydalanuvchilari Facebook’dan 99 kunga voz kechdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Internet foydalanuvchilari Facebook’dan 99 kunga voz kechdi
  • Дата релиза: 18-07-14, 01:40
Internet foydalanuvchilari Facebook’dan 99 kunga voz kechdi
Gollandiyaning Just kreativ agentligi “Ozodlikning 99 kuni” (99 Days of Freedom) nomli loyihaning ishga tushganini e’lon qildi. Bu loyihada ishtirok etishni xohlovchilar 99 kun mobaynida o‘z ixtiyori bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘idan foydalanmaydi. Bu haqda “Rossiyskaya Gazeta” xabar berdi.

Just mutaxassislari bu tajriba orqali ijtimoiy tarmoqdan voz kechish ishtirokchilarning hayotiga qay darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqlaydi. Facebook’ning foydali tomonlarini yodga solib, agentlik xodimi o‘zi ishongan “ijtimoiy tarmoqdan me’yor bilan foydalanish ruhiy foyda olib kelishi” haqidagi fikrni amalda sinamoqchiligini aytdi.

Loyihada ishtirok etish uchun internet foydalanuvchilari ro‘yxatdan o‘tib, o‘z profiliga 99 Days of Freedom belgisini o‘rnatishi, shundan so‘ng 99 kun mobaynida Facebook’ka kirmasligi lozim.

Tajriba muddati uch oy mobaynida Facebook’dan voz kechish odamlarning joniga tegmasligidan kelib chiqib tanlandi. Bu vaqt ichida tadqiqotchilar tahlil uchun kerakli barcha ma’lumotlarni to‘plashga ulguradi.

Just agentligining avvalgi tadqiqotlarida foydalanuvchilar Facebook’ka har kuni o‘rtacha 17 daqiqaga kirishi aniqlangan. Mazkur loyihada ishtirok etish orqali ular o‘zining 28 soatini tejaydi.

Bundan avvalroq Facebook foydalanuvchilarga bildirmay ularning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan tajriba o‘tkazgan edi. Unda yangiliklar tasmasidan ijobiy yoki salbiy xabarlar o‘chirib borilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, do‘stlari faqat ijobiy xabarlar joylashtirayotganini ko‘rgan foydalanuvchilar tomonidan ham ijobiy postlar qoldiriladi yoki aksincha.
Логин:
Пароль: