Главная » Yangiliklar » iPhone’dan kuniga qancha foydalanayotganingizni aniqlab boruvchi dastur taqdim etildi
iPhone’dan kuniga qancha foydalanayotganingizni aniqlab boruvchi dastur taqdim etildi

iPhone’dan kuniga qancha foydalanayotganingizni aniqlab boruvchi dastur taqdim etildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: iPhone’dan kuniga qancha foydalanayotganingizni aniqlab boruvchi dastur taqdim etildi
  • Дата релиза: 22-08-14, 22:47
iPhone’dan kuniga qancha foydalanayotganingizni aniqlab boruvchi dastur taqdim etildi

iPhone’dan kuniga qancha foydalanayotganingizni aniqlab boruvchi Moment dasturi taqdim etildi. Bu haqda Mashable ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

 Telefoningizni qo‘ying va hayotingizga qayting, deyiladi dastur veb-saytida. Moment dasturining xususiyatlari quyidagicha:

 iPhone’dan qancha vaqt mobaynida foydalanayotganingizni aniqlaydi va o‘sish yoki kamayish qayd etilganini ko‘rsatadi;
 Kuniga necha marta “ayfon”ingizni qo‘lingizga olishingizni hisoblaydi. Hatto bir necha soniyaga smartfoningizni yoqqaningizni ham hisoblab boraveradi;
 Qayerlarga borganingizni xaritada belgilab boradi;
 Unda o‘zingiz uchun bir kunda iPhone’dan foydalanish uchun ma’lum vaqt belgilashingiz mumkin. Moment esa sizni bu vaqtdan oshib ketganingizda ogohlantiradi.
 Mashable nashrining muxbiri yozishicha, u tongda budilnikni o‘chirib, iPhone’dan foydalanishga tushgan va Moment dasturi uni– “20 daqiqa davomida iPhone’dan foydalandingiz!”, deya ogohlantirgan. Muxbirning fikricha, u bu vaqt davomida yaxshi nonushta tayyorlashi yoki badantarbiya qilib olishi mumkin edi…

 Shuningdek, muxbir ilk haftaning o‘zida har kuni deyarli 100 daqiqa davomida smartfonidan foydalanishini aniqlagan. Hatto bir kuni 3 soat to‘xtamasdan iPhone’dan foydalangan payti ham bo‘lgan.

 Siz bugun iPhone’dan necha daqiqa foydalandingiz?

Логин:
Пароль: