Главная » Yangiliklar » Iyun oyida meva va sabzavotlarning narxi pastladi
Iyun oyida meva va sabzavotlarning narxi pastladi

Iyun oyida meva va sabzavotlarning narxi pastladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Iyun oyida meva va sabzavotlarning narxi pastladi
  • Дата релиза: 09-07-18, 14:03
Iyun oyida meva va sabzavotlarning narxi pastladi
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy saytida xabar berilishicha, iyun oyida mavsumiy omillar ta`siri ostida, aynan meva va sabzavotlarni arzonlashishi bilan iste`mol mahsulot va xizmatlari tanlangan guruhida 2,7 foizga narxlar tushishi ko`zga tashlandi.

Shu bilan birgalikda, meva va sabzavottlar narxlari hisobga olinmaganda, narxlar o`rtacha 0,8 foizga ortgan. Ko`rib chiqilgan vaqt davomida narxlarning tushish dinamikasi mavsumiyligi bilan asoslanadi. Masalan, pomidor, bodring, kartoshka, olmaning narxi tushgani umumiy narxlar darajasi oshishini ushlab turishiga sabab bo`ldi. Bugungi kunda bozorlarga meva va sabzavotlarning yangi hosili ommaviy tarzda keltirilishi ichki bozor talablarini to`laqonli qondirilishiga olib kelmoqda.

Kuzatilgan davrda mavsumiylikka ega bo`lmagan mahsulotlardan mosh narxi 14,8 foizga, guruch — 13,7 foizga, grechka — 9 foizga, mineral suv — 8,2 foizga, shakar — 2,4 foizga, qo`y gushti — 2,1 foizga va mol go`shti — 1,7 foizga oshgan.

Iyun oyida xizmatlar narxi 1,4 foizga oshishi asosan stomatologiya xizmatlariga tarifning 13,1 foizga, shahar transportiga to`lov 11,6 foizga va yuk tashish uchun avtoulov to`lovi 3 foizga oshishi bilan asoslanadi.

Sabzavotlarni saqlash tizimini mukammallashtirish, ularning sovuq havoda asrash va qayta ishlash infrastrukturasini rivojlantirish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish ushbu mahsulotlar narxlarini nomavsum vaqtda ham ko`tarilishini ushlab turishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, talab va taklif nomutanosibligi kuzatilayotgan go`sht, guruch va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari importini kengaytirish ularning narxini barqarorlashtirishga etarli xissa qo`shishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: