Главная » Yangiliklar » Janubiy Koreya politsiyasi dunyoda birinchi marta qidiruv faoliyati uchun itlarni klonlashtiradi
Janubiy Koreya politsiyasi dunyoda birinchi marta qidiruv faoliyati uchun itlarni klonlashtiradi

Janubiy Koreya politsiyasi dunyoda birinchi marta qidiruv faoliyati uchun itlarni klonlashtiradi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Janubiy Koreya politsiyasi dunyoda birinchi marta qidiruv faoliyati uchun itlarni klonlashtiradi
  • Дата релиза: 22-08-14, 22:46
Janubiy Koreya politsiyasi dunyoda birinchi marta qidiruv faoliyati uchun itlarni klonlashtiradi

Xizmat itlari zotlarini mukammallashtirish bo‘yicha dastur doirasida Janubiy Koreya politsiyasi ish faoliyatida o‘zini ko‘rsata olgan itlarni klonlashtirish bilan shug‘ullanuvchi institut ochishga qaror qildi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.

 Milliy politsiya agentligi (MPA) ma’lumotlariga ko‘ra, itshunoslik ilmiy tadqiqot institutini ochish dasturini amalga oshirish uchun 1 milliard von (970 ming dollar) mablag‘ ajratiladi.

 Klonlashtirish uchun portlovchi moddalar, narkotiklar qidirish va boshqa politsiya maxsus operatsiyalarida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan 40 ta it tanlab olinadi.

 Ma’lum bo‘lishicha, Janubiy Koreya dunyoda itlarni klonlashtirish texnologiyalariga ega bo‘lgan yagona davlatdir. Janubiy Koreyada bu sohadagi ilmiy ishlar bilan ayni paytda to‘rtta institut shug‘ullanadi

Логин:
Пароль: