Jarrohlar hindistonlik o‘smirning 232 ta tishini olib tashladi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Jarrohlar hindistonlik o‘smirning 232 ta tishini olib tashladi
- Дата релиза: 25-07-14, 01:56
Mumbaylik jarrohlar yetti soat davom etgan operatsiyada 17 yoshli Ashik Gavaining 232 ta tishini olib tashladi. Bu haqda BBC News’ xabar berdi.
Ashikning ota-onasi farzandining o‘ng jag‘ida paydo bo‘lib, yarim yil davomida og‘riq berib kelayotgan shishdan shikoyat qilib, shifokorga murojaat qildi. Shifokorlar bolaning odontoma — og‘izda ortiqcha qattiq to‘qimalar paydo bo‘ladigan tug‘ma kasallik bilan og‘riyotganini aniqladi va yetti soatlik operatsiyani amalga oshirdi. Shundan so‘ng Ashikda 28 ta tish qoldi.
Shifokorlarning aytishicha, bemorning og‘zida marvaridga o‘xshash ko‘plab tish bo‘lgan. Ikki jarroh va ularning yana ikki nafar yordamchisi operatsiya davomida bitta katta tishni olib tashlashda muammoga duch kelgan. Olib tashlay olmagach, maxsus bormashinada uni maydalashga to‘g‘ri kelgan.
Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tib, o‘smirning jag‘ tuzilishi saqlab qolingan.
Shifoxona stomatologiya bo‘limi rahbari Sunandra Duvarning aytishicha, bu kabi operatsiyalar avval ham amalga oshirilgan. Biroq bunga qadar shifokorlar eng ko‘pi 37 ta tishni olib tashlagan.