Главная » Yangiliklar » Kimsasiz shahar: minglab aholi o`z uyiga qaytolmayapti
Kimsasiz shahar: minglab aholi o`z uyiga qaytolmayapti

Kimsasiz shahar: minglab aholi o`z uyiga qaytolmayapti

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Kimsasiz shahar: minglab aholi o`z uyiga qaytolmayapti
  • Дата релиза: 09-03-18, 20:18
Kimsasiz shahar: minglab aholi o`z uyiga qaytolmayapti
Atom elektr stansiyasidagi fojeadan 7 yil o`tib 50000 aholi o`z uylariga qaytishlari lozim edi, biroq bu hamon orzuligicha qolmoqda.

Yaponiyaning sharqiy sohilidagi Okuma shahrida fojeadan avval 10 500 aholi istiqomat qilar edi. Ammo bugun hududdagi uylar xuvillab yotibdi. U Fukusima Daiichi atom elektr stansiyaga eng yaqin shaharlardan biri hisoblanadi. Boz ustiga fojeadan so`ng atom elektr stansiyasida zilzila va sunami oqibatida bir necha marotaba radiaktiv moddalarning sizib chiqishi oqibatida tozalash ishlari tugallanmagan, shahar hamon evakuasiya holatida turibdi.

Shaharda asosan keksa yoshdagi ko`ngillilardan tashkil topgan guruhlar kimsasiz uylardagi mol-mulklarni talon taroj etilishi yoki ularda yong`inlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida faoliyat olib bormoqda. Ular shubhali holat yoki begonalarning harakatini sezsalar bu haqda hokimiyat vakillariga ma`lum qilishadi. Shaharning ba`zi qismlariga fuqarolarning borishi ta`qiqlangan.

Okumaga qaytishni asosan keksalar xoxlashmoqda. Ko`pchilik esa hukumat tomonidan taqdim etilgan yangi turar joylarga allaqachon moslashganliklari hamda fojea ta`siridan hamon chiqmaganliklari bois o`z uy-joylariga qaytishni istashmayapti.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: