Главная » Yangiliklar » Lola nega folchilarni inkor etmadi?
Lola nega folchilarni inkor etmadi?

Lola nega folchilarni inkor etmadi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Lola nega folchilarni inkor etmadi?
  • Дата релиза: 31-03-18, 14:48
Lola nega folchilarni inkor etmadi?
Ijod va oilani bir maromda olib borayotgan xonanda Lola Yo`ldosheva noodatiy savollarimizga javob berdi...

— Aytishlaricha siz...

— Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha, ham shunday, negaki xatakterimga ko`ra perfiksionistman. Professionallikni qadrlayman! Ijodiy guruhdan ham shuni talab qilaman. Hatto, u qadar muhim emasdek tuyulgan holatlar ham diqqatimdan chetda qolmaydi. Farzandlarimga ham ko`p aytaman, har bir ishni a`lo darajada bajaring, «yaxshi»si bilan kifoyalanmang, deb.

— Xarakteringiz chizgisi bu...

— Suv! Goho toshqin, gohida sokin harakatlanuvchi obi-hayotman! Toshdan toshga urilsam ham, bir joyda to`xtab qolmayman, oqimni topa olaman. Vijdon amri bilan yashayman, o`z prinsiplarimga sodiqman, agar ular hayotim davomida o`zgarmasa, albatta.

— Lolaning uch orzusi?

Insonlarga ko`proq yaxshilik qilsam deyman, baxtli bo`lishni istayman! Tinch-totuv, ahil oilam va yana farzanlarimning shiringina uka yoki singilchasi bo`lishini niyat qilaman!

— Hamma-hamma niyatlaringiz amalga oshsin!

— Rahmat!

— Qo`lingizdan kelmaydigan ish qaysi?

— Kimgadir atay yomonlik qilishni eplolmayman, hatto, u dushmanim bo`lsa ham. Bu holatda men ojizman.

— Maktabda sizni kim deb chaqirishgan?

— Agar biror laqabni nazarda tutayotgan bo`lsangiz, unaqasi bo`lmagan. Oddiygina Lola edim.

— Biror marta bo`lsa ham yoqalashganmisiz?

— Hech qachon!

— Farzandlaringiz bir-birlari bilan urishib qolishsa-chi?

— Mushtlashish bilan hech nimaga erishib bo`lmasligini, har qanday vaziyatda ham to`g`ri tushuntirish kerakligini uqtiraman. Lekin o`g`il bola oilasi, yaqinlari va vatan himoyachisi, kerak paytda kuch ishlata olishni bilishi kerak.

— «A» harfi bilan boshlanadigan so`z ayting, xayolingizga kelgan eng birinchisi?

— Arzimaydi!

— Avtomobilda ketayotib nimalarni xayol qilasiz?

— Ular turli-tuman va juda ko`p.

— Yosh ijodkorlardan biri sizga shogird bo`lmoqchiligini aytib, izn so`rayapti, nima qilasiz?

— Ichki sezgimga quloq tutaman. Agar o`zim va bo`lajak shogirdimga nisbatan ishonch paydo bo`lsa, ko`zim etsagina, ishga kirishaman.

— Ekstrasens va folchilarga ishonasizmi?

— Men Yaratganning qudratiga ishonaman, ammo noyob qobiliyatli insonlar borligini ham inkor etmayman. Shunchaki, folchi yoki ekstrasensga ishim tushmagan, qolaversa, kelajakni bilgim ham yo`q. Har qaysi niyatni chin ko`ngildan, astoydil, yolvorib so`rayman. Yaratgan, mendan so`ra va men beraman degan, men bunga ishonaman.

— Lola yozgan she`rlar...

Onajonimning uyida, yozuv stolida qolgan. Ha, she`r yozaman, qog`ozga tushirganman ularni.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: