Главная » Yangiliklar » Lola reklama qilgan Cherry siri fosh etildi
Lola reklama qilgan Cherry siri fosh etildi

Lola reklama qilgan Cherry siri fosh etildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Lola reklama qilgan Cherry siri fosh etildi
  • Дата релиза: 19-06-14, 23:46
Lola reklama qilgan Cherry siri fosh etildi
Instagram va ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari bir necha oylardan buyon Cherry nimaligiga qiziqmoqda. Bu sirni fosh etish fursati keldi, deya xabar berdi Popcorn.uz.

Xabar qilinishicha, Cherry bugungi kunda moda olamidagi katta shov-shuvlarga sabab bo‘luvchi brend nomi bo‘lib, yangi liboslar liniyasidir.

Cherry latofatli xonanda Lola va mahoratli dizayner Zulfiya Sulton o‘rtasidagi do‘stlik orqali yangi brend ko‘rinishida dunyoga keldi.

Cherry brendining ilk modalar namoyishi yoz faslining so‘nggi oyida taqdim etiladi. Namoyish davomida kattalar va bolalar uchun ustki kiyimlar, tungi kiyimlar, bundan tashqari, telefonlar uchun aksessuarlar taqdim etiladi. Cherry brendi do‘konidan yuqori sifat va did bilan yaratilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq kiyimlaridan, kattalar liboslarigacha topish mumkin.
Avvalroq, Lola bir necha san’atkor bilan hamkorlikda Cherry brendini reklama qilgan
Логин:
Пароль: