Lola Yo`ldosheva Rossiyadagi hayoti va ijodi haqida
- Категории: Yangiliklar
- Название: Lola Yo`ldosheva Rossiyadagi hayoti va ijodi haqida
- Дата релиза: 14-03-18, 22:58
8 mart kuni taniqli o`zbek qo`shiqchisi Lola Yo`ldosheva uzoq tanaffusdan so`ng Moskvada katta konsert bergani haqida xabar bergan edik. Konsertdan avval "Sputnik" nashri muxbiri go`zal va maftunkor Lola bilan suhbatlashdi. Eksklyuziv intervyuni e`tiboringizga havola etamiz.
Tayyorgarlik joyi bolalar raqs studiyasida joylashgan. Bitta zalda Lola o`zining raqs ustalari bilan tayyorgarlik ko`rmoqda, boshqa xonada esa yosh bolalar shug`ullanishmoqda. Yo`ldosheva tanaffus qilganda bolalar uni oldiga kelib, u bilan salomlashishdi. "Farzandlaringizga salomlarimizni etkazib qo`ying!", — mehribonlik bilan aytadi bitta yosh raqqosa. "Albatta, etkazaman", — deb javob berdi Lola.
Konsertdan oldin qizg`in tayyorgarlik jarayoni bo`lmoqda. Lolaning telefoniga tinmay qo`ng`iroqlar bo`lmoqda. Konsert liboslarini aeroportda kutib olishdi, lekin Toshkentdan uchgan gitarachi hali yo`q. Zudlik bilan unga taksi chaqirish kerak.
"Konsert — har doim juda hayajonli tadbir, har qanday artist unga juda katta mas`uliyat bilan yondoshadi. Bu o`ziga xos ishlarning sarhisob qilinadigan kundir. Bu jonli energiya tuyg`usi — hech qanday audioyozuv bilan tenglashmaydi. Bu energiya almashinuvidir: sen berasan, va shu vaqtning o`zida o`zing uni ham olasan. Bunday jarayon. Buni oddiy so`z bilan ta`riflash mumkin emas. Buni faqat his qilish lozim. Shuning uchun biz artistlar uchun bu juda muhim", — deydi Lola.
Chemodanlarga solingan liboslar
— Men katta konsertlarga tayyorgarlik ko`rish bu juda asabli ish ekanligini har doim bilardim. Lekin samolyotlarni ham kutib olish kerakligi umuman hayolimga ham kelmagan ekan.
— Siz qanday o`ylagandiz! Bugun ertalab bir nechta liboslar solingan chemodanlar samolyotda uchib keldi — men va raqs ustalari uchun. Tayyorgarlik juda jiddiy. Men uylashimcha, qaysi ishga qo`l urmagin, unga birinchi navbatda muhabbat bilan yondoshish zarur. Faqat o`shanda sen bu ishni 100%ga bajara olasan.
—Liboslar solingan chemodanlar nechtasi shaxsan siz uchun?
— Konsertimizda uchta bo`limi bo`ladi. Bu uchta libos degani. Liboslar bilan Zulfiya Sulton shug`ullangan — u mening juda yaqin dugonam va dizayner. U ko`p yillar davomida men uchun liboslar yaratadi.
Umuman olganda Zulfiya — O`zbekiston moda sanoatining g`ururidir. U turli davlatlardan, xususan Milan, Parij va Moskvadagi "Mersedes feshn vik" ko`rgazmasida qatnashgan. Menga uning ishga bo`lgan munosabati juda yoqadi, u mehnatiga ulkan muhabbat va qalbi bilan yondoshadi. Har bir libos — qo`l mehnati, xend-meyd hisoblanadi.
Masalan, Zulfiya bitta libosda o`n mingga yaqin gullarni alohida qo`lda tikib chiqqan. Har bir gul mayda detallardan iborat, ular qo`lda qirqilib, tikiladi. Umuman olganda bu haqiqiy san`at asari hisoblanadi.
— Sizga konsert liboslari kech qolmaganmi?
— Ular hech kechon kech qolmagan. Liboslar tikilishi Toshkentda bugun ertalab soat 4 gacha o`z yakuniga etgan. Soat 7 da samolyotda jo`natilgan. Bu Toshkent aeroportida soat 5 da bo`lgani degani. So`nggi soniyalarda kichik qismlari tikilgan. Barcha liboslar chemondanlarga solinib, diqqat bilan uralgan va shu vaqtning o`zida aeroportga olib borilgan.
Vatandoshlarga mehr va issiqlik tuhfa etish
— Siz so`nggi vaqtlarda umuman juda kam chiqish qilmoqdasiz? Nima sababdan?
— Men juda ham kam demagan bo`lardim. Yaqinda Toshkentda yakkaxon konsertim bo`lib o`tdi. Shu vaqtlarda Moskva va Nyu-Yorkda ham konsertlarim bo`ldi. Gap shundaki, oilaviy sharoitim tufayli men Moskvaga ko`chib o`tdim, shuning uchun ko`pam konsert berish imkoniyati bo`lmadi. Lekin uylaymanki, shu yilda bu albatta to`g`rilanadi.
— Lola siz dunyoning eng mashhur konsert sahnalarida chiqgansiz. Sizning fikringizcha, O`zbekistonlik artistlari qaysi yo`l bilan ketishlari zarur, milliy an`anlarini rivojlantirish zarurmi yoki xorijiy mamlakatlar musiqa ijod namunalariga o`tish kerakmi?
— Agar bir kulinariya allegoriyasini davom etadigan bo`lsak, o`zbek musiqasi — bu juda ulkan oshxona. Bunday musiqani kuylash uchun albatta qobiliyat bo`lishi kerak. Ishoning, bizning uyg`unligimizni, melizmatikamizni o`zlashtirish juda qiyin. Mening fikrimcha — eng yaxshisi har doim o`z individualligini saqlash zarur. O`z ildizlarini unutish kerak emas. Albatta, hozir hayot juda katta tezlikda bormoqda, tendensiyalarga ulgurish qiyin. Har kuni qandaydir yangilik bor. Musiqada ham shunday. Shuning uchun albatta vaqt bilan birga yurish mumkin. Lekin o`sha millatimizga hos bo`lgan individuallikni yo`qotish kerak emas. O`shanda, meni o`ylashimcha, juda qiziqarli sintez hosil bo`ladi.
— Siz konserga qanday tayyorgarlik ko`ryapsiz, Toshkentdan musiqachilar hozirgina kelgan bo`lsa?
— Hozir musiqachilarsiz tayyorgarlik ko`rish mumkin, shuning uchun "minus-aranjirovka — tovushsiz" bor. Raqslarni shu zalda tayyorgarlik ko`rmoqdamiz. Huddi shundan zalda vokal bilan shug`ullanaman.
— Vatandoshlaringiz esingizda borligi va ularga Moskvada chiqish uchun imkoniyat berayotganingiz juda yaxshi. Keyinchalik ham ular bilan ishlaysizmi?
— Siz tasavvur ham qilolmaysiz, bu ularga qanchalik quvonch keltiradi. Ular bunda kuch olishadi. Moskvada konsert berganimda, ular hech qanday tomonlarni so`ramasdan, hech qanday gonorralar yoki shartlarni muhokama qilishmaydi. Umuman hech narsani! Chunki ular uchun — bu bayram. Bu ularning hayoti. Shuning uchun ular shu kuchni olish uchun kelishadi. Ular quvvatni olib, qaytib ketishadi. Ishlarini Toshkentda davom ettirishadi.
— Umuman olganda, o`z vatanida musiqachilar super yulduz bo`lish imkoniyatiga egami?
— Men umid qilamanki, O`zbekistonning ulkan kelajagi bor. Bizda juda ko`p qobiliyatli artistlar ko`p. Albatta ularga yo`l ochib berish kerak. Qobiliyatli artistlarga yordam berilsa, biz rivojlanamiz.
— Konsertingizda kimni ko`proq ko`rishni istaysiz?
— Albatta vatandoshlarimni. Sevimli musiqa va qo`shiqlarni sog`ingan insonlar haqida o`ylayman. Ayrim insonlar O`zbekistonga borish imkoniyatiga ega emas. Ular bu erda o`qishadi yoki ishlashadi. Ayrim qo`shiqlarimga 15 yil bo`lgan. Ularni eshitib, katta bo`lganlar bor. Vatanimiz, uyimiz issiqligini taqdim etish va shu erda bunday sovuq paytlarda iliqlik bilan kutib olish men uchun juda muhim.
Qordan zavq olish
— Siz hozir Moskvada yashaysizmi?
— Ha, biz Moskvada yashaymiz. Bolalar maktabda o`qishadi. Ular har kuni uyga kelganda meni o`z baholari bilan hursand qilishadi. Besh baholari bilan!
— Sovuq qotmadizmi?
— Biz quyosh odamlarimiz, albatta bu erda bizga quyosh nuri kamlik qildi. Bu erga kelganimizda, birinchi oylarda men juda qiynaldim. Uyg`onganimda menga issiqlik, yorug`lik etishmasdi. Men quyoshni, uning nurida issinishni istardim. Bundan meni kayfiyatimga bog`liq. Men ijodkor bo`lganim tufayli, ob-havo menga juda ta`sir ko`rsatadi. Uyg`onganimda havo bulut bo`lsa, men ham xomush, kayfiyatsiz bo`lib yuraman. Biroq inson hamma narsaga ko`nikar ekan.
— Demak, siz Moskva iqlimiga o`rganibsizde?
— Hozir men unga ham ko`nikdim. Meni ob-havo bezovta qilmayapti. Men qorga hursand bo`lishni o`rgandim.Fevral va martdagi qor- bu har doim quyosh va quvonch bilan birga bo`ladi. Qor yoqqanda biz bollar bilan kiyinib, parkga chiqamiz. U erda sayir qilib, qorbo`ron o`ynaymiz. Sovuq qotmaymiz, biz quvonamiz.
— Toshkentni sog`inasizmi?
— Sizga qanday aytsam bo`ladi? Qaerda bo`lmasak, o`sha joy yaxshi bo`ladi. Biroq mening holatimda menga hamma joyda yaxshi, chunki agar o`zing bilan ham ohang bo`lsang — ichki holating tinch, qulay va issiq bo`ladi. Qaerda bo`lishingdan qat`iy nazar, yonigda sen bilan yaqinlaring, sevimli insonlar birga bo`lishsa bo`ldi, shu etarli.
— Turmush o`rtog`ingiz haqida aytib bering. Kim bo`lib ishlaydi? Axir, mushtariylarimiz u haqda hech qanday ma`lumotga ega emasku!
— Uylaymanki, bilishmaydi. Men yaqinda turmushga chiqdim. Atigi 2 yil oldin. Bu hozircha sir bo`lib qolsin.
— Turmush o`rtog`ingiz boy insonmi?
— Bilasizmi, boylik tushunchasi — noaniq tushunchadir. Kimgadur uncha boy bo`lmasligi mumkin. Kimgadir, ehtimol, bu mukammalik va moliyaviy farovonlikning eng yuqori cho`qqisidir. Shuning uchun hammasi nisbiy. Menga hammasi etarli.
Manba: Darakchi.uz