Главная » Yangiliklar » Lolaning noodatiy savollarga qiziqarli javoblari
Lolaning noodatiy savollarga qiziqarli javoblari

Lolaning noodatiy savollarga qiziqarli javoblari

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Lolaning noodatiy savollarga qiziqarli javoblari
  • Дата релиза: 30-05-18, 17:07
Lolaning noodatiy savollarga qiziqarli javoblari
Lola odatdagidek yugur-yugurlar bilan band. Ijodiy uchrashuvlar, tadbirlar, bir tomonda ta`tilga chiqqan farzandlari, lekin u barchasiga ulgurayapti! Hatto, noodatiy savollarimizga javob berishga ham!

— Aytishlaricha siz...

— Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha, ham shunday, negaki xatakterimga ko`ra perfiksionistman. Professionallikni qadrlayman! Ijodiy guruhdan ham shuni talab qilaman. Hatto, u qadar muhim emasdek tuyulgan holatlar ham diqqatimdan chetda qolmaydi. Farzandlarimga ham ko`p aytaman, har bir ishni a`lo darajada bajaring, «yaxshi»si bilan kifoyalanmang, deb.

— Xarakteringiz chizgisi bu...

— Suv! Goho toshqin, gohida sokin harakatlanuvchi obi-hayotman! Toshdan toshga urilsam ham, bir joyda to`xtab qolmayman, oqimni topa olaman. Vijdon amri bilan yashayman, o`z prinsiplarimga sodiqman, agar ular hayotim davomida o`zgarmasa, albatta.

— Lolaning uch orzusi?

— Insonlarga ko`proq yaxshilik qilsam deyman, baxtli bo`lishni istayman! Tinch-totuv, ahil oilam va yana farzanlarimning shiringina uka yoki singilchasi bo`lishini niyat qilaman!

— Hamma-hamma niyatlaringiz amalga oshsin!

— Rahmat!

— Qo`lingizdan kelmaydigan ish qaysi?

— Kimgadir atay yomonlik qilishni eplolmayman, hatto, u dushmanim bo`lsa ham. Bu holatda men ojizman.

— Maktabda sizni kim deb chaqirishgan?

— Agar biror laqabni nazarda tutayotgan bo`lsangiz, unaqasi bo`lmagan. Oddiygina Lola edim.

— Biror marta bo`lsa ham yoqalashganmisiz?

— Hech qachon!

— Farzandlaringiz bir-birlari bilan urishib qolishsa-chi?

— Mushtlashish bilan hech nimaga erishib bo`lmasligini, har qanday vaziyatda ham to`g`ri tushuntirish kerakligini uqtiraman. Lekin o`g`il bola oilasi, yaqinlari va vatan himoyachisi, kerak paytda kuch ishlata olishni bilishi kerak.

— «A» harfi bilan boshlanadigan so`z ayting, xayolingizga kelgan eng birinchisi?

— Arzimaydi!

— Avtomobilda ketayotib nimalarni xayol qilasiz?

— Ular turli-tuman va juda ko`p.

— Samolyotmi yoki poezd?

— Samolyot!

— Uyga bozorlik qilasizmi?

— Albatta! Bu mening sevimli mashg`ulotim. Xarid davomida bir haftalik menyuni ham tuzib olaman. Farzandlarim to`g`ri taomlanishlariga jiddiy qarayman.

— Poshnali poyabzal durustmi yoki baletka?

— Ish vaqti faqat poshnali poyabzalda bo`laman, qolgan paytlari esa baletkalar qulay.

— Lola biznes bilan shug`ullanishi mumkinmi?

— Ha, ammo u ham ijod bilan bog`liq bo`ladi. Misol uchun, dizaynerlik yo`nalishida yoki san`atning boshqa turlari bo`lishi mumkin. Hammasidan ham ko`proq xayriya ishlari bilan shug`ullanishni xohlayman.

— Yosh ijodkorlardan biri sizga shogird bo`lmoqchiligini aytib, izn so`rayapti, nima qilasiz?

— Ichki sezgimga quloq tutaman. Agar o`zim va bo`lajak shogirdimga nisbatan ishonch paydo bo`lsa, ko`zim etsagina, ishga kirishaman.

— Tasavvur qiling, Lola to`y marosimlari tashkilotchisi...

— Ommalashgan an`alardan voz kechgan bo`lar edim. Kelin-kuyovning xarakteri, qiziqishlaridan kelib chiqib individual yondoshgan ma`qul. Axir to`y bir umr esda qoladigan shodiyona!

— Ekstrasens va folchilarga ishonasizmi?

— Men Yaratganning qudratiga ishonaman, ammo noyob qobiliyatli insonlar borligini ham inkor etmayman. Shunchaki, folchi yoki ekstrasensga ishim tushmagan, qolaversa, kelajakni bilgim ham yo`q. Har qaysi niyatni chin ko`ngildan, astoydil, yolvorib so`rayman. Yaratgan, mendan so`ra va men beraman degan, men bunga ishonaman.

— Lola yozgan she`rlar...

— Onajonimning uyida, yozuv stolida qolgan. Ha, she`r yozaman, qog`ozga tushirganman ularni.

— Suhbatdoshingiz siz bilan muloqotdan zerikayotgandek...

— Men ham unga qo`shilishib sukut saqlayman, ikkimizga ham zerikarli bo`la qolsin.

Dildora YuSUFBEKOVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: