Главная » Yangiliklar » Madina Mumtoz qaysi ishidan uyaladi?
Madina Mumtoz qaysi ishidan uyaladi?

Madina Mumtoz qaysi ishidan uyaladi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Madina Mumtoz qaysi ishidan uyaladi?
  • Дата релиза: 24-03-18, 16:34
Madina Mumtoz qaysi ishidan uyaladi?
Xonanda, aktrisa, ikki farzandning onasi, suyukli yor va chaqqongina kelin — Madina MUMTOZ bilan bog`lanib, ijodi haqida suhbatlashmadik! Bu safar u noodatiy savollarimiz nishonida! Qani ko`ramiz, berilgan vazifani qay darajada uddalar ekan.

— Hayotda qiyofadoshingiz bo`lishi mumkinmi?

— Ha! «Zuhram»ni uchratmaganman-u, ammo qaysidir jihatlari, ehtimol tashqi ko`rinishi, yuz tuzilishi menga o`xshash bo`lganlar bor. O`zim ko`rganman!

— Opera, jaz, rep — qay bir yo`nalishda tajriba qilib ko`rishingiz yoxud duet ijrosi amalga oshishi mumkin?

— Opera yo`nalishida tajriba qilish niyatim yo`q emas! Demak, opera!

— Tavakkal qilib...

— Bilmasam... menimcha, oila qurayotganimizda, tanlagan yorimizni qanchalik yaxshi bilmaylik, tanimaylik, qaysidir ma`noda tavakkal qilamiz. Menda ham shunday bo`lgan.

— Kimlarga nisbatan «allergiya»ngiz bor?

— O`ziga bino qo`ygan, atrofidagi odamlarni qo`l uchida ko`rsatadigan insonlarga nisbatan «allergiyam» kuchli!

— Xayolingizda tinimsiz aylanadigan qo`shiq?

— ...ko`pincha ertalab biror taronani tinglasam, kun bo`yi u xayolimda aylanaveradi. Ko`pchilikda shunday bo`lsa kerak, o`ylarimizni band qiladigan qo`shiqlar o`zgaruvchan!

— Tasavvur qiling, s`yomkaga ketayotib yo`lingizda adashdingiz. Telefoningizning quvvati tugagan, aksiga olib mashina benzining ham tagi ko`rinib qolayapti, tag`in deng, yoningizda pulingiz yo`q! Nima qilasiz?

— Avval mashinani chetroqqa olaman, shu vaqtda biror kim yonimdan o`tib qolsa, undan yordam so`rayman, qo`ng`iroq qilib olish uchun. So`ng taksi to`xtataman-da, vaziyatni tushuntirib manzilim tomon oshiqaman. Xullas, vaziyatdan chiqish yo`lini topaman!

— Madinaning jahli chiqqanda...

— Qorni ochqagan bo`ladi (kulib). Arzimagan narsaga ham achchig`im kelishi mumkin, mabodo fikrimni oxiriga etkazib berishimga qo`yishmasa, juda qattiq jahl qilaman.

— Qilayotgan ishingizdan uyalasiz, qachonki...

— Yolg`on aralashgan bo`lsa... Ertami, kechmi sirim fosh bo`lishidan cho`chib, qilayotgan ishimdan uyalaman. Lekin bunaqangi vaziyatlar sira bo`lmagan. Rostgo`ylikni qadrlayman!

— Bir marta bo`lsa ham mushtlashganmisiz?

— Maktab paytlarim dugonalarimning yonini olib, tortishib turar edim. Lekin mushtlashishgacha bormagan.

— Pardozsiz ko`chaga chiqishingiz mumkinmi?

— Ha va bu holat juda ko`p takrorlanadi.

— Turmush o`rtog`ingizni kutib olishda-chi?

— Ba`zan pardozsiz bo`lishim mumkin, lekin imkon qadar umr yo`ldoshimning ishdan qaytishiga yasan-tusan qilvolaman!

— Bolalik xotiralaringizni yodga soluvchi ifor qaysi?

— Onam foydalangan atir! Bolaligimni eslaganimda aynan shu ifor dimog`imga urilgandek bo`ladi.

— Ijodiy safarga ketayotganingizda o`zingiz bilan olishingiz shart bo`lgan 3 ta narsa-buyum?

— Pul, uyali telefonim va uning quvvatlagichi!

— Madina Mumtoz hayotining «saundtreki» qaysi kompozisiya?

— O`zim ijro qilgan «Baxtli bo`l» qo`shig`i!

Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: