Maktablarda sinflardagi o'quvchilar soni necha nafardan oshmasligi kerak?
- Категории: Yangiliklar
- Название: Maktablarda sinflardagi o'quvchilar soni necha nafardan oshmasligi kerak?
- Дата релиза: 20-09-18, 17:45
Maktablarda sinflardagi o`quvchilar soni 35 nafardan ortib ketishiga yo`l qo`yilmaydi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Namunaviy loyihalar bo`yicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, o`quvchilar soni etarli bo`lmagan maktablarda, olis (tog`li, cho`lli) aholi punktlarida joylashgan maktablarda, shuningdek o`zbek tilida o`qitilmaydigan maktablarda o`quvchilar soni sinflarni to`ldirishning o`ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi.
O`quvchi kam bo`lgan maktablarda (filiallarda) boshlang`ich sinf o`quvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:
o`quvchilar soni 8 nafargacha bo`lgan I — IV sinflar;
o`quvchilar soni 12 nafargacha bo`lgan uchta boshlang`ich sinf;
o`quvchilar soni 24 nafargacha bo`lgan ikkita boshlang`ich sinf (I va III, II va IV sinflar).
Manba: Darakchi.uz