Главная » Yangiliklar » Markaziy bank: ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi qimmatlashdi
Markaziy bank: ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi qimmatlashdi

Markaziy bank: ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi qimmatlashdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Markaziy bank: ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi qimmatlashdi
  • Дата релиза: 10-02-18, 13:33
Markaziy bank: ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi qimmatlashdi
Iqtisodiyotda narxlar o`zgarishi jarayonini atroflicha va chuqur o`rganib borish va inflyasion xatarlarni oldindan aniqlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki respublika hududlari bo`yicha mahsulot va xizmatlar narxlarini monitoring qilib borish amaliyotini joriy etmoqda.

Kuzatishlarni amalga oshirish uchun aholi tomonidan ko`p iste`mol qilinadigan 135 ta mahsulot va xizmat turi tanlab olindi. Ulardan 45 tasi oziq-ovqat mahsuloti, 75 tasi nooziq-ovqat mahsuloti va 15 ta xizmat hisoblanadi. Ushbu mahsulot va xizmatlar guruhlarining umumiy narxlar o`zgarishi ko`rsatkichiga ta`siri mos ravishda 57, 29,5 va 13,5 foizni tashkil etadi.

Dastlabki kuzatuv natijalari shuni ko`rsatmoqdaki, iste`mol tovarlari narxlari 2018 yilning yanvar oyida, o`tgan yilning dekabr oyida ma`lum darajadagi o`sishdan keyin, nisbatan barqaror bo`ldi. Bu asosan yangi yil bayrami arafasidagi davrga qaraganda 2018 yanvar oyida iste`mol faolligining nisbatan past bo`lgani bilan izohlanadi.

Xususan, mazkur holat oziq-ovqat mahsulotlari narxlari dinamikasida o`z aksini topdi. Ayrim mahsulotlar narxlarida yuqori o`zgaruvchanlik kuzatilganiga qaramasdan, oziq-ovqat mahsulotlari umumiy narxlarida ozroq (1 foizga) pasayish bo`ldi.

Yanvar oyida kuzatish olib borilgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida tuxum narxi – 10,5 foiz, sabzavotlar o`rtacha narxlari – 5,8 foiz va mevalar o`rtacha narxlari – 4,5 foizga arzonlashdi. Xususan, bodring narxi – 14 foiz, piyoz – 10,2 foiz, pomidor – 9,9 foiz, karam – 9,3 foiz, kartoshka – 6,3 foiz, sabzi – 2,3 foiz va olma – 4,6 foizga pasaydi.

Shu bilan birga, kuzatish natijalari sut narxining 4,9 foiz, go`sht (mol va qo`y go`shti) – 1,1 foiz, bug`doy uni – 0,7 foiz va guruch – 0,4 foizga qimmatlashganini ko`rsatdi.

Shuningdek, mazkur davrda kuzatish uchun tanlab olingan nooziq-ovqat mahsulotlari umumiy narxlari 2,1 foizga oshdi. Bunda kundalik iste`molda ishlatiladigan mahsulotlar narxlarida nisbatan kam darajada o`sib, yuqori o`sish ko`rsatkichlari qurilish mollari va avtomobillar uchun yoqilg`i narxlarida kuzatildi.

Xususan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o`sishiga, asosan qurilish materiallari (10,8 foiz), aksiz tovarlar (sigaret va alkogol mahsulotlari – tegishli ravishda 7,2 va 0,3 foiz) hamda avtomobillar uchun metan yoqilg`isi narxlarining (6,7 foiz) oshishi ta`sir ko`rsatgan. Bunda, tadbirkorlik sub`ektlari uchun tabiiy gaz tariflarining oshirilishi va aksiz soliq stavkalarining ko`tarilishi narxlar o`sishining asosiy omillaridan bo`ldi.

Bundan tashqari, kiyim-kechak va poyabzalga bo`lgan talabning mavsumiy kamayishi natijasida ushbu guruh tovarlari narxlari 2,2 foiz pasaydi.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bank Matbuot markazi xabariga ko`ra, kuzatishlar amalga oshirilgan davrda xizmatlar, umuman olganda, 4,2 foiz qimmatlashdi. Xususan, maktabgacha ta`lim muassasalari xizmati uchun to`lov 10,3 foiz, transport xizmatlari – 6,3 foiz, maishiy xizmatlar – 3 foiz va tibbiy xizmatlar – 2,1 foizga o`sdi.

Umuman olganda, iste`mol talabi nisbatan susaygan sharoitda 2018 yilning yanvar oyi davomida umumiy kuzatishdagi mahsulot va xizmatlar narxlari dinamikasida nisbatan past darajadagi, ya`ni 0,6 foizlik o`sish kuzatildi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: