Главная » Futbol yangiliklari » «Matiz» yutgan muxlis: «Futbolga o'g'lim uchun kelgandim»
«Matiz» yutgan muxlis: «Futbolga o'g'lim uchun kelgandim»

«Matiz» yutgan muxlis: «Futbolga o'g'lim uchun kelgandim»

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: «Matiz» yutgan muxlis: «Futbolga o'g'lim uchun kelgandim»
  • Дата релиза: 21-05-14, 22:57
«Matiz» yutgan muxlis: «Futbolga o'g'lim uchun kelgandim»
Kecha «Paxtakor» hamda «Navbahor» jamoalari o'rtasidagi o'yinda muxlislar ishtirokida ijtimoiy aktsiya o'tkazilganidan xabaringiz bor. Bosh sovrin sifatida «Matiz» avtomobili o'ynaldi. O'yindan keyingi matbuot anjumani bo'lib o'tgach klub mutasaddilari «Matiz»ni yutib olgan muxlis ishtirokida kichik savol-javob o'tkazishni taklif qilishdi. Ta'kidlash jozki, bu juda yaxshi ish bo'ldi va har xil gap-so'zlarga nuqta qo'yildi. Ishoning, «Matiz» rostdan ham halol o'ynaldi. Quyida muxlis bilan bo'lgan savol-javobni havola qilamiz.

– «Matiz» yutish uchun kelgan edingizmi, futbol ko'rish uchunmi?
– O'g'lim futbol ko'ramiz degani uchun kelgandim (Muxlis o'yinga o'g'ilchasi bilan kelgandi).

– Dekam mashinani o'g'lingiz yutdi, desak ham bo'larkanda?
– Ha.

– Mashinangiz bor edimi?
– Yo'q, bu birinchisi.

– Qaysi jamoa g'alaba qozonishini xohlagandingiz?
– «Paxtakor».

– Nima uchun stadionga chiqishingiz qiyin bo'ldi?
– G'olib bo'lganimni aytsam, muxlislar baqirib, o'g'lim qo'qrishi mumkin edi, shuning uchun sekin tashqariga chiqib keldim.

– Kasbingiz?
– Kasbim stamatolog.

– Endi o'yinlarga tushib turasizmi?
– Albatta, doim tushib turaman.
Логин:
Пароль: