Главная » Yangiliklar » Milliarder Alisher Usmonov boyligini kimga qoldirishi haqida ma'lum qildi
Milliarder Alisher Usmonov boyligini kimga qoldirishi haqida ma'lum qildi

Milliarder Alisher Usmonov boyligini kimga qoldirishi haqida ma'lum qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Milliarder Alisher Usmonov boyligini kimga qoldirishi haqida ma'lum qildi
  • Дата релиза: 20-12-18, 22:13
Milliarder Alisher Usmonov boyligini kimga qoldirishi haqida ma'lum qildi
Milliarder Alisher Usmonov Forbes’ga bergan intervyusida aksiyalarini kimga qoldirishi haqidagi savolga shunday javob berdi:

"Meros sifatida biznesdan orttirilgan boylikni qoldirish mumkin, lekin biznesni kimga qoldirish haqida uzoq o`ylashga to`g`ri keladi. Misqollab yig`ilgan kapitallarni uni asrashni bilmaydigan keyingi avlodga qoldirish bu – fojia.

Biznesni eplolmaydigan bolalarga uni qoldirishdan foyda yo`q. Ularga merosni pul sifatida qoldirish mumkin. Bu bilan ular o`z ishini boshlab olishi yoki etarlicha hayot kechirishi uchun dividend olishadi.

Jiyanlarim kompaniyamizda endi amaliyotlarni boshlashdi. Qarindoshlarimdan biri "Metalloinvest" kompaniyasining ishini yurita oladi. Ular ishonchni oqladi, lekin xali yosh.

Bugungi kunda men ishimni davom ettirish uchun to`liq paketni boshqaruv menejmentiga topshirmoqchiman. Ular orasida mening qarindoshlarim ham bo`lishi mumkin. Agar ular aqlli bo`lsa, ular aksiyadorlar bo`ladi".
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: