Главная » Yangiliklar » Milliarder Richard Brenson uyquchi xodimni g‘alati yo‘l bilan jazoladi
Milliarder Richard Brenson uyquchi xodimni g‘alati yo‘l bilan jazoladi

Milliarder Richard Brenson uyquchi xodimni g‘alati yo‘l bilan jazoladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Milliarder Richard Brenson uyquchi xodimni g‘alati yo‘l bilan jazoladi
  • Дата релиза: 12-06-16, 21:39
Milliarder Richard Brenson uyquchi xodimni g‘alati yo‘l bilan jazoladi
Tasavvur qiling: ayni jazirama yoz kunlarida lohas bo‘lib, bir pas mizg‘ish uchun cho‘zilsangizda, ayni tush ko‘rishni boshlaganingizda naq rahbarning o‘zi kelib qolsa va sizni uyg‘otmasdan turib, siz bilan selfiga tushsa!

Dangasa xodim uchun bundan ham battar dahshatli tush bo‘lmasa kerak.

Dunyoning muvaffaqiyatli kishilaridan biri, britaniyalik biznesmen, Virgin Group kompaniyasi asoschisi Richard Brenson ham kompaniyaning Avstraliya bo‘linmasiga kirib borar ekan, nogoh bir xodimning divanda miriqib uxlayotganining ustidan chiqib qoldi.

«Jamoa nima bilan bandligini bilish uchun ofisga bir ravga kirib o‘tgan edim. Bu yigitchani ishda uxlab yotgan holatda ko‘rib qoldim. Ammo u tush ko‘ryapman deb o‘ylagan bo‘lsa kerak, uyg‘otsam bir ko‘z tashlab yana uxlashda davom etdi», deydi millioner.

Richard Brenson hazil-mutoyibaga moyilligi baland magnat sifatida ham nom qozongan. Shu sababli ham, u uyquchi xodim bilan suratga tushib, uni o‘z blogida e’lon qildi va shu yo‘l bilan unga saboq berdi.

“Adolat bilan aytadigan bo‘lsam, u o‘ziga kerakli kuchni to‘playotgan edi. Va albatta, xatar bilmas bulьdozer bilan suratga tushish uchun hozir bo‘ldim”, yozadi u o‘z blogida.

Garchi xo‘jayin kelganida idorada cho‘zilib olib uxlash yaxshi manzara bo‘lmasa ham, ammo ba’zi ruhshunoslarning fikricha, ishchilaridan yuqori samaradorlik kutgan rahbarlar ishxonada xodimlarining bir oz mizg‘ib olishlari uchun sharoit yaratib berishlari kerak. Shu bilan birga, yaxshi ishlashda tungi uyquning ham o‘rni yuqori ekan.
Логин:
Пароль: