Moliyaviy qiyinchilikga duch kelganlarga soliq ta`tili beriladi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Moliyaviy qiyinchilikga duch kelganlarga soliq ta`tili beriladi
- Дата релиза: 02-05-18, 17:02
— Korxonamizning asosiy faoliyat turi temir-beton ishlab chiqarish. Bilasiz, qishda bu turdagi materiallar xaridorgir bo`lmaydi. Ya`ni, bu mavsumda ishlab chiqargan mahsulotlarimiz realizasiya qilinmaganligi sababli oylik hisoblangan soliq va ajratmalarni to`lash uchun etarli mablag`imiz mavjud emas. 2018 yildagi soliq qonuchiligidagi o`zgarishlarda qiyinchilikka duch kelgan tadbirkorlik sub`ektlariga soliq ta`tili berilishi to`g`risida mutaxassislar aytgan edi. Ushbu imtiyoz anday tadbirkorlarga nisbatan qo`llaniladi? Soliq ta`tili olish uchun kimga murojaat qilishimiz kerak? Shular haqida batafsil ma`lumot bersangizlar
Rustam Abdullaev, korxona hisobchisi.
Ushbu savolga Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Erkin JUMAEV javob beradi.
— O`zbekiston Respublikasining 2017 yil 30 dekabrdagi “Soliq ma`muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonuniga asosan, Soliq kodeksining 54, 55 va 354-moddalariga xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga soliq ta`tillarini berish tartibini belgilovchi o`zgartirishlar kiritildi.
Ilgari soliq qonunchiligida “soliq ta`tillari” tushunchasi mavjud bo`lmagan. O`zgartirishga asosan soliq to`lovchi endi soliq majburiyatini bajarish muddatini o`zgartirish hisobiga to`lashi lozim bo`lgan soliq to`lovlarini muayyan muddat davomida kamaytirish va keyinchalik to`lab berish huquqiga ega bo`ladi.
Soliq ta`tillari vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan insofli soliq to`lovchilarga – 24 oygacha hamda yagona soliq to`lovi - YaSTni to`lovchilarga, (bundan Soliq kodeksining 350-moddasi birinchi qismi 2 –bandida ko`rsatilgan soliq to`lovchilar mustasno) davlat ro`yxatidan o`tgan paytdan e`tiboran bir yilgacha muddatga beriladi.
Shu o`rinda “Insofli soliq to`lovchi kim?” degan tabiiy savol tug`iladi. “Insofli” soliq to`lovchilarga oxirgi 2 yil ichida soliq majburiyatlarini o`z vaqtida va to`liq bajarib kelgan xo`jalik sub`ektlari kiradi.
Insofli soliq to`lovchilarga soliq ta`tillari, shuningdek soliq qarzini to`lashni kechiktirish va (yoki) bo`lib-bo`lib to`lash Hukumat yoki u vakolat bergan organ tomonidan beriladi. YaST to`lovchilarga ta`tillar esa – soliq hisobiga olingan joydagi soliq inspeksiyasi tomonidan beriladi.
Yuqorida aytib o`tganimizdek, agarda sizning korxonangiz “insofli” deb topilsa, hech qanday e`tirozsiz “soliq ta`tili” imtiyozi qo`llaniladi.
Soliq ta`tillarini olish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ekt soliq hisobiga olingan joydagi davlat soliq inspeksiyasiga belgilangan shaklda ariza taqdim etishi kerak. Unda soliq to`lovchi soliq ta`tillari davri va qanday soliq turi bo`yicha so`ralayotganini ko`rsatishi shart. Davlat soliq inspeksiyasi ariza kelib tushgan kundan boshlab, 3 ish kunida murojaat qiluvchining “insofli soliq to`lovchi” maqomiga muvofiq kelishini tekshiradi. Soliq ta`ttilari summasidan kelib chiqib, tegishli organga xulosa taqdim etadi. Vakolatli organ esa 10 ish kunida soliq ta`tili berish yoki rad etish to`g`risida qaror chiqaradi. Qabul qilingan qaror to`g`risida soliq to`lovchi 3 ish kunida yozma yoki uning shaxsiy kabinetiga yuborish yo`li bilan xabardor etiladi.
Manba: Darakchi.uz