MTS O‘zbekistonda faoliyatini qayta tiklashi uchun ruxsat berildi — OAV
- Категории: Yangiliklar
- Название: MTS O‘zbekistonda faoliyatini qayta tiklashi uchun ruxsat berildi — OAV
- Дата релиза: 27-06-14, 23:55
O‘zbekiston hukumati mahalliy uyali aloqa bozorida Rossiyaning MTS kompaniyasi biznesini qayta ishga tushirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Interfax axborot agentligi xabariga tayanib “Anhor” nashri xabar berdi.
Bunday qaror chorshanba kuni qabul qilingan. Unga ko‘ra Rossiya kompaniyasi o‘zbek tomoni bilan MTS brendi ostida ishlaydigan uyali aloqa sho‘ba korxonasini tuzadi. Qo‘shma korxonaning ta’sis hujjatlari “yaqin kunlarda” imzolanadi, deyiladi Interfax xabarida.
MTSning O‘zbekiston bozoriga qaytishi haqidagi boshqa tafsilotlar hozircha oshkor etilmayapti. Bundan tashqari, MTS’ning O‘zbekistonga qaytishi haqida na O‘zbekiston tomoni, na MTS rasmiy ma’lumot bermagan.
Avvalroq Rossiyaning MTS mobil aloqa operatori O‘zbekiston hukumati bilan mamlakatdagi faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish borasida deyarli kelishib olgani, MTS mahalliy kompaniya – “O‘zdunrobita”dagi o‘z ulushini O‘zbekistonga topshirishi ham mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2012-yil iyulida MTSning O‘zbekistondagi sho‘basi – “O‘zdunrobita” operatorining litsenziyalari chaqirib olingan edi. Kompaniyaga nisbatan qiymati 600 million dollardan ortiq bo‘lgan da’volar e’lon qilingan, operator rahbariyatiga nisbatan esa jinoiy ish ochilgan edi. Moliyaviy da’volarni to‘lash qobiliyati yo‘qligi sabab, 2013-yil yanvarida “O‘zdunrobita” bankrot bo‘lganini ma’lum qilgan edi.