Munisa farzand asrab olmoqchi edi, ammo...
- Категории: Yangiliklar
- Название: Munisa farzand asrab olmoqchi edi, ammo...
- Дата релиза: 03-07-18, 11:11
Viloyatlararo gastroldan kelgan Munisa kutilmaganda quvonchlari ketidan qalbida og`ir tosh bilan qaytganini aytdi, deb yozmoqda sayyod.com nashri.
Munisa Rizaeva: "Uni asrab olmoqchi edim-u, ammo… Farzandli bo`lish katta orzum va farzand asrab olishni o`ylab yurgandim. Andijonda bo`lganimda, u erdagi mehribonlik uyida bo`lgan mana shu qizaloqqa bir ko`rishdayoq mehrim tushdi. Uni asrab olish istagimni aytganimda, aksiga olib, uning ota-onasi borligini aytishdi. Ular ozodlikdan mahrum qilinib, jazo muddatini o`tayotgani uchun vaqtincha ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ekan. Shu qizaloq yodimdan chiqmayapti, ko`z o`ngimda qoldi. Shu kuniyoq olib ketmoqchi edim, berishmadi… Hayotimdan bir kunning o`zidayoq katta joy oldi. Andijonga konsertga his-hayajon bilan otlanganimda, u erdan muxlislar sabab bir olam quvonch bilan qaytish bilan birga, qalbimda armon bilan ham qaytishimni bilmagan ekanman…"
Manba: Darakchi.uz