Главная » Yangiliklar » ​Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi
​Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi

​Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi
  • Дата релиза: 25-02-17, 23:11
​Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Namangan tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi, masala yuzasidan viloyat hokimi, senator Xayrullo Bozorov ma`ruza qilgan.

Tumanning avvalgi hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Vazirlar Mahkamasiga ishga o`tganligi munosabati bilan viloyat hokimining qaroriga ko`ra tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi. Hozirgacha “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Shuhratjon Abdulhaevich Davronov tuman hokimi etib tayinlandi, viloyat hokimining shu haqdagi qarori sessiyada bir ovozdan tasdiqlandi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: