Главная » Namanganda elektrovelosiped ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
Namanganda elektrovelosiped ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Namanganda elektrovelosiped ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

  • Категории:
  • Название: Namanganda elektrovelosiped ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
  • Дата релиза: 14-05-14, 12:04
Namanganda elektrovelosiped ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Namangan viloyati Norin tumani yo‘llarida ixcham elektrovelosipedlar paydo bo‘ldi. Ekologik jihatdan beziyon, boshqarishga qulay mazkur ulov Haqqulobod shahridagi Norin mechanikal plant mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilmoqda.

Bolalar va kattalar uchun velosipedlar hamda avtomobillar butlovchi qismlaridan iborat 80 dan ortiq turdagi mahsulot tayyorlanayotgan korxonaning yangi turdagi vositalari akkumulyator yordamida harakatlanadi. Uni bir marta quvvatlantirish orqali soatiga 30—40 kilometr tezlikda kamida 50 chaqirim yo‘l bosish mumkin. Hozirgacha ana shunday elektrovelosipedlardan 260 tasi sotuvga chiqarildi.

— Bundan avvalroq, to‘qqiz bosqichli tezlikda harakatlanuvchi ikki turdagi sport velosipedlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan edik, — deydi korxona bo‘lim boshlig‘i Ravshanbek Madxoliqov. — Old va pedal qismiga amortizator o‘rnatilgan bu ulov velosport ishqibozlariga har jihatdan ma’qul tushdi.
 

Логин:
Пароль: