Nega Yulduz Usmonovaning konsertiga oddiy muxlis kirolmaydi?
- Категории: Yangiliklar
- Название: Nega Yulduz Usmonovaning konsertiga oddiy muxlis kirolmaydi?
- Дата релиза: 16-02-18, 09:21
Yaqinda uydagilar Yulduz Usmonovaning konsertiga oldinroq qatordan bo`lsin, deb ikkita bilet “buyurtma” qilishdi. Saroy kassasiga etib borishim bilan doimgidek turnaqator navbatga duch keldim. Chiptalar narxi qatoriga qarab 25 mingdan 250 ming so`mgacha.
Kassadan chiqar ekanman, yana o`sha chiptafurushlar atrofimni o`rab olishdi, “Chipta kerakmi? Istagan joyingizdan qilib beraman. Qaysi konsertga tushmoqchisiz o`zi?”. Har qanday konsertga bilet topib berish qo`lidan kelishini aytgan shovvozlarning biridan O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova konsertiga oldinroq qatordan bilet olmoqchi ekanimni aytdim.
— Nechanchi qatordan kerak? 5-qator bo`ladimi?
— Qancha?
— 450 ming so`m, 440 mingdan qilib beraman.
— Sal orqaroq qatorlar-chi?
— O`ziga qarab-de. 250 minglik joylar ham bor.
— Birinchi qator qolmaganmi?
— Qiberamiz.
— Qanchadan qiberasiz?
— Ikki kishilik taklifnoma bor. Hozirgina keldi, men “okam”dan so`ray, deb chetroqda qarta o`ynab turgan “oka”lari yoniga yugurib borib keldi va 600 mingdan qilib beramiz, dedi.
— Ikki kishiga 1 million 200 ming so`m bo`ladimi shunda, – dedim hayratimni yashirmay.
— Him.
— 4-5 dona olsa ham shu narxmi?
— 450 minglik biletni 440 ming qilib bera olaman. Bizga nari borsa, 20 ming so`m qoladi.
— Yo`g`-e, deganimni bilaman, chiptafurush ham dardi hol qilib ketdi.
— Nimaga hamma ko`chadagilarga ko`p qoladi deb o`ylaydi-a? Biz o`z narxida olmaymiz-ku.
— Biletda boshqacha narx yozilgan bo`ladi-ku, deyishim bilan ozg`inroq sherigi ham gapga aralashib, dardini ayta ketdi.
— Biz “shapka” berib olamiz. Sizlardek 4-5 ta emas, 20-30 ta olamiz. Plastik kartadan yoki pul ko`chirib emas, faqat naqd pulning ustiga “shapka” bersakkina bilet berishadi. Biz joyni ham tanlab olamiz, “karopka” joylarni, ya`ni o`rta, eng zo`r ko`rinadigan joylarni. Kassaga o`tsangiz faqat yon tomonlarini sotishadi. Bizga tag`in ollaring deb “nagruzka” ham berishadi, balkon, yon qatorlar, tepalardan. Majbur olamiz-de, iloj yo`q.
Chiptafurushlarning "dardi"ni tinglab, e, bularga ham oson emas ekan, degan o`y o`tdi xayolimdan.
Yaqinda bir tanishimning qarindoshlari uzoq viloyatdan O`zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raevning konsertiga kelishayotganini aytdi. "Istiqlol"ga borsak, kassada odatdagidek bilet yo`q. Ko`chadagi chiptafurushlar 7-qatordan ikkita biletni bir millionga "baholashdi" . Olmayin desa, mehmon otangdek ulug` degan gaplar bor, olay desa... Ilojsiz oldik va ne ko`z bilan ko`raylikki, har ikki biletga 200 ming so`mdan (!) narx yozilgan. Dardingni kimga aytishni ham bilmaysan.
O`zingiz o`ylang, 500-600 ming, e boring ana, bir million so`m maosh oladigan kishi ro`zg`oridan orttirib konsertga tusha oladimi? Eng avvalo, Xalq artisti, Xizmat ko`rsatgan artistlarning konsertidagi narxlar xalqning cho`ntagiga og`irlik qilmaydigan bo`lishi kerak emasmikin? Birinchi navbatda, ular xalqparvarligi bilan barchaga o`rnak bo`lishi lozim nazarimizda...
Shu o`rinda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 3 avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvda aytgan quyidagi so`zlarini eslash joiz. "O`zbekistonda adabiyot va san`at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ma`naviyat va ma`rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yo`l qo`ymaymiz. Kimda-kim bu sohalarga faqat pul ishlash, faqat iqtisodiy foyda ko`rish maqsadida kirayotgan bo`lsa, ular, marhamat, tadbirkorlik, biznes sohasiga borsin".
Aytay desangiz, muammolar bisyor. “Istiqlol” san`at saroyining telefon raqamlariga kun bo`yi telefon qilsak ham bir bor bo`lsin ko`tarishmaydi, muassasaning www.istiqlolsaroyi.uz saytidan esa kerakli ma`lumotlarni olishga urinish befoyda. Sayt ma`lumotlari muntazam yangilab borilmaydi, interaktiv xizmatlar yo`lga qo`yilmagan, deb yozadi O`zA muxbiri.
Bugun hamma sohada zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari keng qo`llanilmoqda. Shunga monand saroy ma`muriyati ham chiptani sayt orqali onlayn sotishni yo`lga qo`ysa, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olinarmidi. Saroy atrofida avtomabillar uchun turargoh ham muammo. Uzoq viloyatdan mashinada kelgan yurtdoshlarimiz ortiqcha noqulayliklarga duch keladi. Umid qilamizki, mazkur maqolada ko`tarilgan muammoli masalalar saroy ma`muriyati tomonidan bartaraf etiladi va bizning bu mavzuga yana qaytishimizga hojat qolmaydi.
Manba: Darakchi.uz