Nilufar Usmonova 1,5 yil oldin bergan va`dasining ustidan chiqdiv
- Категории: Yangiliklar
- Название: Nilufar Usmonova 1,5 yil oldin bergan va`dasining ustidan chiqdiv
- Дата релиза: 07-03-17, 09:15
Xonanda Nilufar Usmonova o`tgan haftaning so`nggida o`zining yangi “Arslonim” nomli albomi taqdimotini o`tkazdi.
“Dadasining qizi” nomli taronasini premera qilganiga ko`p bo`lmagan Nilufar Usmonova oradan bir necha kun o`tib, yangi albomini ham taqdim etdi.
Avvaliga “Kel ikkimiz” deb nomlanishi rejalashtirilgan albomni “Arslonim” deb nomlashining sababi har bir ayolning o`g`li, otasi, turmush o`rtog`i borligi va ularning “Arslonim” deb atalishini shu sababdan yangi albomni shunday nomlashga qaror qilganini ma`lum qildi.
Yangi audio albom Nilufarning 17 ta qo`shig`ini o`z ichiga oladi. Undan yangi qo`shiqlar bilan birga, xonandaning xit taronalari ham o`rin egallagan. Nilufar mazkur albomini taqdim etishini bir yarim yil oldin va`da qilganini va ayrim sabablarga ko`ra buning mavridi endi kelganini aytib o`tdi.
“Aslida taqdimotni kattaroq qilib o`tkazishni niyat qilgandik, ammo hozirgi holatimdan kelib chiqib, uni kichikroq davrada o`tkazishga qaror qildik” – deydi Nilufar.
Darvoqe, Nilufar navbatdagi albomi ham taqdimotga tayyorligini va tez orada uni ham taqdim etishini aytib o`tdi.
Yangi albomdan xonandaning “Arslonim”, “Eng gullagan yoshlik chog`imda”, “Chelovek”, “Kel ikkimiz”, “Hot Night”, “Kel”, “Alla”, “Qol”. “Bahor”, Va`dalar”, “Tug`ilsam”, “Yonimda”, “Hasrat”, “Qiz bola”, Kelaqol jonim”, “Chin sevaman” nomli qo`shiqlari o`rin olgan.
Nilufar Usmonova tadbir davomida jurnalistlar tomonidan berilgan bir nechta savollarga javob qaytardi.
Xususan, u onasi, O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsertida ishtirok etishi haqidagi savoliga, ayni damda holati sababli onasining repetisiya jarayonlarida ishtirok eta olmayotganligidan afsusdaligini, bu uning uchun katta maktab bo`lishi mumkinligini aytib o`tdi.
Xonanda bo`lg`usi farzandiga ism qo`yishi borasidagi savolga ham javob berar ekan, ismni otasi tanlab qo`yganligini biroq hozircha sirligini aytib o`tdi.
Manba: Darakchi.uz