Главная » Yangiliklar » Nima uchun elektron chiptalar sinovdan o'tolmadi?
Nima uchun elektron chiptalar sinovdan o'tolmadi?

Nima uchun elektron chiptalar sinovdan o'tolmadi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Nima uchun elektron chiptalar sinovdan o'tolmadi?
  • Дата релиза: 21-09-18, 21:48
Nima uchun elektron chiptalar sinovdan o'tolmadi?
Shu yilning 20 iyunidan boshlab “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qog`oz shaklidagi oylik yo`l chiptalari bilan birgalikda, 3 oy muddatga sinov tariqasida elektron oylik yo`l chiptalari (EOYCh) joriy etilgan edi.

Mazkur elektron tizimni chuqurroq o`rganish maqsadida axborot texnologiyalari sohasidagi etuk mutaxassislar jalb qilindi. Shu tariqa, ushbu elektron tizimning yo`lovchi uchun qay darajada qulayligi, ijobiy va salbiy jihatlari chuqur o`rganildi, deb yozmoqda O`zA.

Natijada, tig`iz vaqtlarda yo`lovchi tomonidan to`lov amalga oshirish jarayonida chiptachiga ham bir martalik to`lovni ham EOYCh qo`lidagi qurilma (terminal)da qayd etish yuklanganligi, ammo bu jarayon uning kunlik rejasiga ta`sir qilmaganligi sababli salbiy natija ko`rsatdi.

Shuningdek, avtobuslarda elektron chiptalarni nazorat qilish borasida yuzaga kelgan noqulaylik natijasida yo`lovchilar tomonidan bunday yo`l chiptalaridan noqonuniy tarzda foydalangan vaziyatlar ham ko`plab kuzatildi.

Ana shunday holatlardan kelib chiqib, qolaversa, elektron oylik chiptalarining sinov muddati yakuniga etganligini inobatga olib, tizim faoliyati kelasi oylarga uzaytirilmadi. Lekin, bu elektron to`lov tizimi masalasiga nuqta qo`yildi degani emas.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma`lumotlariga ko`ra, soha mutasaddilari oldiga qo`yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, jamiyat tomonidan jamoat transportlarida avtomat to`lovni joriy etish bo`yicha xorijning etakchi kompaniya va firmalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Xususan, Janubiy Koreya, Singapur, Rossiya, Belarus, Yaponiya kabi davlatlarning bu boradagi tajribalari o`rganilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” AJga chet ellik ekspertlarni jalb qilgan holda, Toshkent shahar transport tizimini tubdan rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilayotgan strategiyaga muvofiq yangi avtomatlashgan to`lov tizimini joriy yilda boshlash rejalashtirilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: