Noyabr oyida nimalar kuchga kiradi?
- Категории: Yangiliklar
- Название: Noyabr oyida nimalar kuchga kiradi?
- Дата релиза: 31-10-18, 23:12
«Minimalka» oshiriladi, savdo-sotiq qilish qoidalari soddalashtiriladi, unning bozor narxlari joriy etiladi. Norma 2018 yil noyabrdagi shu va boshqa yangiliklar haqida sharh taqdim etdi.
Birinchidan, eng kam ish haqi, pensiya va stipendiyalar o`rta hisobda 10%ga oshiriladi. Eslatib o`tamiz, bu yil davomidagi ikkinchi indeksasiya. Avvalgisi 15 iyulda amalga oshirilgan, uning o`rtacha miqdori 7%ni tashkil etgan edi.
Ikkinchidan, savdoni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichi boshlanadi:
a) tovar-xom ashyo birjalari birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlash va logistika qilish, shuningdek AKTni ishlab chiqish va joriy etish bo`yicha shu`ba xo`jalik birlashmalarini tuza oladilar. Import bo`yicha olib kelingan yuqori likvidli mahsulotlar esa ichki bozorda cheklovlarsiz – birja orqali yoki to`g`ridan-to`g`ri sotilishi mumkin (ilgari – faqat birja orqali);
b) naqd pul tushumini topshirish/inkassasiya qilish tartibi soddalashtiriladi, korporativ bank kartalari yordamida hisob-kitob qilganda esa oldi-sotdi shartnomasini tuzmaslik mumkin, biroq invoys (hisobvaraq-faktura) rasmiylashtirish zarur.
Uchinchidan, 1-nav bug`doy uni narxini belgilashning bozor mexanizmlari joriy etiladi. Eslatib o`tamiz, 15 sentyabrdan buyon tartibga solinadigan ulgurji sotish narxi – 1 kg uchun 1 400 so`m amal qilib kelmoqda.
To`rtinchidan, oy boshidan boshlab farmasevtika sohasida yangi qoidalar qo`llaniladi:
a) dori vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi guvohnomasi o`rniga tegishli Davlat reestridan ko`chirma beriladi. U ariza beruvchining xohishiga ko`ra taqdim etiladi. Davlat xizmatlari ko`rsatilganda ko`chirma talab qilinmaydi, u davlat organlariga to`g`ridan-to`g`ri elektron ko`rinishda (ariza beruvchining ishtirokisiz) yuboriladi. Tartibga soluvchi hujjatga ayni paytgacha tuzatishlar kiritilmaganligi bois mazkur ko`chirma haq evaziga berilish/berilmasligi masalasi ochiqligicha qolmoqda (ro`yxatdan o`tkazish guvohnomasini berganlik uchun 2 EKIH undirilar edi). Bundan buyon ro`yxatdan o`tishning amal qilish muddatini uzaytirish kerak emasligi quvonarli hol. Dastlabki 5 yillik muddat o`tgach, Davlat reestriga ma`lumotlar kiritiladi va unda doim saqlanadi;
b) dorixonalar va uning filiallari «angro» mahsulotini (yirik qadoqdagi dori vositalari va keyinchalik ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo) sotishga haqlilar. Uni maxsus uskunadan foydalangan holda o`zlari qadoqlashlari, o`rashlari va markirovka qilishlari mumkin. Tibbiyot muassasalari, sh.j. davlat tibbiyot muassasalari «angro» mahsulotini sotib olishlari mumkin. Sotish tartibi 1 noyabrgacha tasdiqlanishi kerak edi.
Beshinchidan, terroristik, ekstremistik tuzilmalar safiga aldov yo`li bilan jalb etilgan kishilar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Ushbu mexanizmning barcha tafsilotlari alohida hujjatda qayd etilishi kerak edi (hozircha qabul qilinmadi). Biroq ushbu «amnistiya» ostiga tushishi aniq bo`lgan shaxslar ro`yxati mavjud.
Oltinchidan, YHQni buzganlik uchun jarimalar to`lashning billing tizimi joriy etiladi. Jarimalar to`g`risidagi xabarlar SMS shaklida yoki pochta orqali yuboriladi. «Ma`muriy amaliyot» yangi elektron kompleksi amaliyotga joriy etilishi bilan buni amalga oshirish imkoni yuzaga keldi. Uning yordamida huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o`zida ishlarni ko`rib chiqadilar va jarimalarni undiradilar.
Ettinchidan, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg`armasi, shuningdek oliy ta`lim muassasalari huzuridagi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha hududiy markazlar Xalq ta`limi vazirligining idoraviy bo`ysunuviga o`tkaziladi.
Bundan tashqari, ayrim normalar oy boshidan emas, balki boshqa sanadan kuchga kiradi:
• to`xtab turish joylarida nogironligi bo`lgan shaxslar uchun kamida 5% bepul joylarni ajratish talabi – 5 noyabrdan;
• xorijiy avtotashuvchilarni XYT daftarchasidan foydalanish huquqidan mahrum qilish asoslari ro`yxati – 19 noyabrdan;
• chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni hisobga olishning yangi qoidalari – 21 noyabrdan.
Manba: Darakchi.uz