O'zbekistonda 2019 yilda narx-navolar keskin ko'tarilmaydi
- Категории: Futbol yangiliklari
- Название: O'zbekistonda 2019 yilda narx-navolar keskin ko'tarilmaydi
- Дата релиза: 05-01-19, 01:26
Moliya vazirligida tadbirkorlar ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda Moliya vaziri J.Qo`chqorov yaqinda e`lon qilingan, go`sht, shakar, kartoshka, non, piyoz, baliq kabi mahsulotlardan QQS olishni bekor qilingani haqida izoh berdi, deya xabar qildi O`zA.
Shuningdek, OAV vakillariga 2019 yilda narx-navolar keskin oshmasligini ma`lum qildi.
–To`g`risini aytganda, o`tgan yili non, elektr narxining oshgani hisobiga inflyasiya darajasi 20 foiz bo`ladi degan tashvishda edik, – deydi J.Qo`chqorov. – Lekin hisob-kitoblar bu ko`rsatkichni 14,3 foizni tashkil etganini ko`rsatdi. Buning asosiy sababi tadbirkorlarimiz orasida raqobatning keskin oshgani deb aytish mumkin.
Shuningdek, tadbirda korporativ mijozlar uchun savdo va xizmatlar sohasida cheklar joriy etilishi haqida so`z bordi. Hozirga qadar plastik kartochka yordamida amalga oshirilgan savdo va servis xizmatlariga chekdan tashqari schyot-faktura ham talab etilib, ortiqcha tashvish bo`layotgan edi. Endi mijozga berilgan chek qonuniy hujjat hisoblanadi.
Manba: Darakchi.uz