Главная » Yangiliklar » O'zbekistonda bir necha kun davomida qor yog'adi
O'zbekistonda bir necha kun davomida qor yog'adi

O'zbekistonda bir necha kun davomida qor yog'adi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O'zbekistonda bir necha kun davomida qor yog'adi
  • Дата релиза: 18-12-18, 00:05
O'zbekistonda bir necha kun davomida qor yog'adi
O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, yaqin kunlarda Toshkent va O`zbekistonning boshqa hududlarida qor yog`ishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari ayrim joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin, 21 dekabr kuni esa yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. 18 dekabr kuni kechasi -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja, 19-21 dekabr kunlari 0...+5 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Faqatgina 19 dekabr kuni ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. 18 dekabr kuni kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja, 19-21 dekabr kunlari 0...+5 daraja bo`ladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 18 va 21 dekabr kunlari yog`ingarchilik bo`lmaydi. 19-20 dekabr kunlari ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0...+5, 18 dekabr kuni kunduzi +7...+12, 19-21 dekabr kunlari +5...+10 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi, 21 dekabrda esa yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi -3...+2 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari yog`ingarchilik bo`lishi mumkin, 21 dekabrda esa yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati 18-19 dekabr kunlari kechasi -2...-7 daraja, 20-21 dekabr kunlari -7...-12 daraja sovuq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: