O'zbekistonda pul almashadimi?
- Категории: Yangiliklar
- Название: O'zbekistonda pul almashadimi?
- Дата релиза: 25-09-18, 15:55
Keyingi vaqtlarda odamlar orasida pul almashishi mumkinligi va inflyasiyaning kuchayib borayotgani haqidagi mish-mishlar paydo bo`ldi. Aslida qachon va qanday vaziyatlarda davlat puli o`zgarishi mumkin? Agar shunday ehtimol bo`lsa, odamlar qancha vaqt oldin xabardor etiladi? Narx-navoning o`sish tendensiyasi, inflyasiya darajasi borasidagi fikrlarni mutaxassislar qanday izohlaydi?
Ushbu savollarga Milliy matbuot markazida O`zbekiston Markaziy banki hamda “Qishloqqurilishbank”ning qo`shma anjumanida mutaxassislar javob berdi, deb xabar bermoqda O`zA.
— Pulning almashishiga sabab ham ehtimol ham yo`q. Yo`qsa, 100 ming so`mlik banknotlar chiqarilarmidi? Yaqinda ana shunday summadagi pul muomalaga chiqariladi. To`g`ri, inflyasiya o`sishi mumkin. Chunki bankning qayta moliyalash stavkasining ikki foizga oshirilishi, o`z-o`zidan bozordagi narx-navoga ta`sir qiladi.
Tadbirkor kredit olgan bo`lsa, endi oshgan ikki foizni qoplash uchun ishlab chiqarayotgan mahsulotini bahosini balandlashtiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoev barcha mansabdor shaxslar tomonidan aholiga real holatni va haqiqiy statistika ma`lumotlarni etkazib berish bo`yicha qat`iy topshiriq bergan. Guvohi bo`layotganimizdek, O`zbekistonda inflyasiya yashirilayotgani yo`q.
Narxlarning o`sish tendensiyasi e`lon qilinmoqda, unga ko`ra joriy yilda ham inflyasiyaning darajasi yuqori bo`lishi kutilmoqda. Ta`kidlash kerakki, narxlarning bozor mexanizmlari asosida shakllantirish kelgusi davrlarda inflyasiya «jilovini» tortib turish imkonini berishi tabiiydir.
Mish-mishlar odamlarga qaysidir ma`noda ogohlik va profilaktika chorasidek ta`sir qilishi mumkin. Biroq iqtisodiy-moliyaviy va bank tizimida mish-mishlarga emas rasmiy bayonotlarga tayangan ma`qul.
Qayd etish joizki, yaqin orada so`mning qadri oshishi kutilmoqda. Xususan, yalpi ichki mahsulotga teng miqdorda mablag`imiz bo`lganda uning qadrsizlanishi to`xtaydi. Yana investisiya kiritish hajmining oshishi ham pul qadrini oshiradi.
Manba: Darakchi.uz