Главная » Yangiliklar » O'zgidromet Bu yilgi qish va qorli kunlar haqida
O'zgidromet Bu yilgi qish va qorli kunlar haqida

O'zgidromet Bu yilgi qish va qorli kunlar haqida

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O'zgidromet Bu yilgi qish va qorli kunlar haqida
  • Дата релиза: 11-01-19, 02:57
O'zgidromet Bu yilgi qish va qorli kunlar haqida
"O`zgidromet" Bosh sinoptigi Irina Zayseva 5-fevralgacha qish chillasi qanday davom etishi, bu davrda ob-havo qanday bo`lishi, qaysi hududlarda qor yog`ishi haqida O`zAga quyidagilarni ma`lum qildi.

– Aslini olganda Markaziy Osiyo, xususan O`zbekiston aholisi uchun ko`proq yoz chillasi degan tushuncha yaqinroq, – deydi I. Zayseva. – Ya`ni iyun oyining oxirgi o`n kunligida boshlanib, avgust oyining beshinchi sanasigacha davom etadigan issiq davr. Biroq, bizning iqlim sharoitimizda ilmiy nuqtai nazardan qish chillasi kutish har doim ham asosli bo`lavermaydi. Odatda, O`zbekistonda qish qisqa muddatli va kam qorli bo`ladi. Qishning asosiy xususiyati shundaki butun qish davomida haroratning keskin o`zgarishlari kuzatiladi, ya`ni iliq va sovuq havo oqimlari bir-birini almashtirib turadi. Harorat pasayganda yoqqan qor harorat ko`tarilishi bilan tez erib ketadi. Shuning uchun ham qalin va barqaror qor qatlami bizda kuzatilmaydi. Buning ustiga oxirgi yillarda kuzatilayotgan global iqlim isishi munosabati bilan issiq to`lqinlar tez-tez takrorlanib, uzoqroq davom etmoqda. Bundan 50-100 yil oldin tez-tez bo`lmasa-da, lekin kuzatilgan qalin qorli qahraton sovuqlar hozir juda kam.

Bu yilgi qish ham bundan istisno bo`lmayapti, sovuqni va qorni yaxshi ko`radiganlarni zumrad qish ob-havosi bilan xursand qilgani yo`q. Asosan yomg`ir yog`ib, ba`zi joylarda qorga aylangan bo`lsa-da, harorat iliq.

Shunday bo`lsa-da, mamlakatimizda eng past harorat Qoraqalpog`iston Respublikasi va Navoiy viloyatining shimoliy tumanlarida kuzatiladi. Ba`zan eng sovuq davrlarda harorat bu hududlarda 20-25 daraja sovuqqacha tushib ketishi mumkin. Butun kuzatuvlar davri mobaynida esa absolyut past harorat 29-34 daraja sovuqni tashkil qilgani qayd etilgan. Ammo, bu yil bunday past harorat yurtimiz shimolida ham kuzatilmadi. Hozirgi paytgacha bu yilgi qishning eng sovuq davr — o`tgan yilning 23-24 dekabriga to`g`ri kelmoqda. Shunda shimolda harorat 16-18 daraja atrofida, faqat Ustyurt platosidagina 20-22 daraja sovuqni tashkil qildi.

Eng muhimi, bu yil tog`da qor ko`p. O`tgan yildagiga qaraganda va umuman o`rtacha ko`p yillik davrga nisbatan ancha ko`p, deb ayta olamiz. Qishki hordiqni, qishki sport turlarini xush ko`radigan yurtdoshlarimiz dam olish zonalariga borib hordiq chiqarishi va ko`ngilli vaqt o`tkazishi mumkin.

Biroq, tog` yonbag`irlarida qorning ko`pligi ehtiyotkorlik va xavfsizlik choralarini ko`rishni talab etadi. Ruxsat etilmagan zonalarda chana uchish mumkin emas. Ko`chki xavfi e`lon qilinganda tog`larga chiqishni maslahat bermaymiz.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: