Главная » Yangiliklar » O`zbekistonda qoraytirilgan oynali avtomashinada yurishga ruxsat etildimi?
O`zbekistonda qoraytirilgan oynali avtomashinada yurishga ruxsat etildimi?

O`zbekistonda qoraytirilgan oynali avtomashinada yurishga ruxsat etildimi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistonda qoraytirilgan oynali avtomashinada yurishga ruxsat etildimi?
  • Дата релиза: 27-03-18, 15:36
O`zbekistonda qoraytirilgan oynali avtomashinada yurishga ruxsat etildimi?
So`nggi paytlarda Toshkent ko`chalarida oynalari qoraytirilgan avomobillar tez-tez ko`zga chalinmoqda. Bu holatni ko`rgan hamshaharlarimizda “qoraytirilgan oynali ulovda harakatlanish mumkin bo`ldimi?” degan savol tug`ilmoqda.

YHHB xodimlarining www.uza.uz saytiga bergan ma`lumotlariga ko`ra O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 126-moddasida qoraytirilgan oynali avtomobilda harakatlanish taqiqlangani ko`rsatilgan. Hamda qoidani buzgan haydovchiga nisbatan transport vositasi vaqtinchalik saqlash jarima maydoniga evakuasiya qilinadi. Qoidani buzish eng kam ish haqining 1 barobari bilan jazolanadi. Agarda vaziyat yana takrorlansa, jarima eng kam ish haqining 2 barobarida belgilanadi. Ushbu qoida O`zbekiston hududida harakatlanuvchi barcha avtomobil egalariga tegishli. Joriy yilda mazkur qoidani buzish holatlari sodir etilgan.

Qo`shni davlatdan o`z mashinasida tashrif buyurgan sayyohlar ham mazkur qoidaga amal qilishlari lozim. O`zbekiston Respublikasi chegarasida mamlakatga kirib kelayotgan xorijiy avtomashina egasiga ushbu qoidalar birinchi galda ogohlantiriladi va tushuntiriladi. Agar qoida buzilgan taqdirda haydovchiga nisbatan tegishli chora ko`riladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston hududidagi elchixonalarga tegishli ulovlar mazkur qoida bilan cheklanmagan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: