Главная » Yangiliklar » O`zbekistonda yaqin kunlarda qanday ob-havo kutiladi?
O`zbekistonda yaqin kunlarda qanday ob-havo kutiladi?

O`zbekistonda yaqin kunlarda qanday ob-havo kutiladi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistonda yaqin kunlarda qanday ob-havo kutiladi?
  • Дата релиза: 20-02-17, 16:24
O`zbekistonda yaqin kunlarda qanday ob-havo kutiladi?
O`zgidrometdan xabar berishlaricha, yaqin kunlarda O`zbekistonda yog`ingarchiliklarsiz havo kutilmoqda, faqat 25 fevral kuni yomg`ir yog`adi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq, ayrim joylarda 2-4 darajagacha iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.

V Uzbekistane moroz na etoy nedele nachnut postepenno otstupat.
Логин:
Пароль: