O`zbekistonga dron olib kirish mumkinmi?
- Категории: Yangiliklar
- Название: O`zbekistonga dron olib kirish mumkinmi?
- Дата релиза: 29-01-18, 18:33
O`zbekistonga dron olib kirish mumkinmi?
“Urganch aeroport” chegara bojxona postida uchuvchisiz uchish apparatini O`zbekistonga olib kirishga uringan fuqaro qo`lga olindi.
Davlat bojxona qo`mitasining rasmiy veb-saytida keltirilishicha, bojxona xodimlari tomonidan “Sankt-Peterburg – Urganch” yo`nalishida Urganch shahriga kelgan fuqaro Z.Sabirov (ism-familiya o`zgartirilgan)ga tegishli bo`lgan qo`l yuklar rentgen apparati orqali bojxona ko`rigidan o`tkazilganda 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan bojxona organi tomonidan ma`muriy ishlar yuritildi va sud organlari tomonidan ko`rib chiqilmoqda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, O`zbekiston xududiga 2015 yilning 1 yanvaridan uchuvchisiz uchish qurilmalarni olib kirish taqiqlangan. Faqatgina, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 maydagi qarori bilan zarurat tug`ilgan hollarda ayrim tashkilotlar mazkur qurilmalarni O`zbekistonga olib kirish, realizasiya qilish va foydalanishiga ruxsat berilishi ko`zda tutilgan.
Manba: Darakchi.uz