Главная » Yangiliklar » O‘zbekiston FVV jaziramadan saqlanish borasida tavsiyalar berdi
O‘zbekiston FVV jaziramadan saqlanish borasida tavsiyalar berdi

O‘zbekiston FVV jaziramadan saqlanish borasida tavsiyalar berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O‘zbekiston FVV jaziramadan saqlanish borasida tavsiyalar berdi
  • Дата релиза: 30-06-19, 23:07
O‘zbekiston FVV jaziramadan saqlanish borasida tavsiyalar berdi
Avvalroq, gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lumotlariga asoslanib 2-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan Turkmaniston orqali issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi kuzatilishi haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston FVV mana shunday issiq havoda aholiga jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

JAZIRAMA ISSIQ – bir necha kunda o‘rtacha havo haroratining 10 va undan yuqori gradusga ko‘tarilishini anglatadi.

Xavfi shundan iboratki, inson tana harorati 37.1 oС dan ko‘tarilishi, yoki tana haroratining 38.8 oС ga ko‘tarilib inson salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Inson tana haroratining ko‘tarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqqa olib keladi. Keyinchalik, xushdan ketish, nafas qisishi va yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin.

Jazirama issiqqa tayyorgarlik choralari

Suv zaxirasini yaratish uchun qo‘shimcha idishlarga suv to‘ldirib qo‘ying. Issiq kunga mo‘ljallangan kiyimlarni, elektr maishiy uskunalarni (ventilyator, konditsioner) tayyorlab qo‘ying. Agar siz qishloq joylarda istiqomat qilsangiz, soyabon, shiyponlar, quduqlardan, shuningdek derazalar uchun qalin pardalardan foydalaning. Ichimlik suvidan unumli foydalaning.

Jazirama issiq haroratdan ta’siridan saqlaning. Och rangdagi, havo o‘tkazuvchi (iloji bo‘lsa paxta xomashyosidan) kiyim va bosh kiyimlardan foydalaning.

Yodda tutinki, kuygan tana qismi sovimaydi va terlamaydi. Shoshmasdan harakatlaning, iloji boricha soya joylarda bo‘lishga harakat qiling. Pivo va boshqa alkogol mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, bu organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Issiq kunda shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, qo‘shimcha tuzli mahsulotlar va meva, sabzavotlardan iste’mol qiling.

Jazirama issiq natijasida oftob urganda zudlik bilan soya joylarda saqlaning, zudlik bilan dush qabul qiling yoki shamol bor joyga o‘ting va asta-sekinlik bilan ko‘proq suv iste’mol qiling. Oftob urushidan saqlanish maqsadida iloji boricha badaningizni sovutishga harakat qiling.

Jazirama issiq kunda yong‘in xavfi kelib chiqishi mumkinligini yodda tuting.

ISSIQ KUNDA NIMA QILISH KERAK

Ko‘proq suv ichish. To‘g‘ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me’yorlashtirishiga qulay sharoitlar tug‘diradi. Issiq kunda suv iste’mol hajmini ko‘paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini iste’mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo‘lsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.
Eng issiq paytda - 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikka harakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtirin-ki, bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda bo‘ling.
Ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona haroratidek bo‘lishi kerak. Muzdek suv bilan yuvinish esa, tana harorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.
Albatta, ochiq suv havzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish ta’qiqlangan havzalarda cho‘milish qat’iyan man etiladi.
Ertalab va kechqurun ko‘proq harakat qiling. Bunday issiq kunda kamharakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.
Oziqlanish ratsionini o‘zgartiring. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste’mol qiling. Yog‘li sut va go‘sht mahsulotlar iste’mol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar mahsulotlaridan voz kechmang. Sutli mahsulotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim-ki - rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste’molga yaroqlilik muddati o‘tib ketgan mahsulotlarni sotib olmaslik kerak.
Albatta taomlarni tuz bilan tanovvul qiling chunki yuqori haroratda, tananing terlashi natijasida ko‘p miqdorda natriy moddasi yo‘qotiladi.
Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikka harakat qiling.
Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob o‘rishi asosan bosh qiziganda sodir bo‘ladi.

Bunday issiq kunda, konditsionersiz iloji yo‘q. Ammo kuni bo‘yi konditsioneri bor bo‘lgan xonada bo‘lsangiz ham, shunday joylashingki undan chiqayotgan sovuq havo to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizga ta’sir qilmasin.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: