O‘zbekistonda Coca-Cola sentabr oyidan boshlab 4000 so‘mdan sotuvga chiqadi
- Категории: Yangiliklar
- Название: O‘zbekistonda Coca-Cola sentabr oyidan boshlab 4000 so‘mdan sotuvga chiqadi
- Дата релиза: 08-08-14, 15:56
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Coca-Cola mahsulotining O‘zbekistondagi narxini nazorat qiladi. Bu haqda qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Sayfitdin Gafarov bergan.
Sayfitdin Gafarovning so‘zlariga ko‘ra, narxlarni nazorat qilish muassasaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun Coca-Cola’ga bo‘lgan yuqori talabni e’tiborga olgan holda ichimlikning bozordagi narxini ushlab turish uchun kerakli choralar ko‘riladi.
Davlat raqobat qo‘mitasi vakillarining ta’kidlashicha, Coca-Cola zavodi o‘z faoliyatini boshlagan. Kompaniya ichimliklari sotuvga sentabr oyida chiqariladi. Qo‘mita xodimlarining ma’lum qilishicha, 1,5 litrlik Coca-Cola 4000 so‘m atrofida sotiladi.