O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda
- Категории: Yangiliklar
- Название: O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda
- Дата релиза: 15-02-16, 17:16
O‘zbekiston 16—20-fevral kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
Toshkent shahri
Toshkent shahrida 16—20-fevral kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, vaqti-vaqti bilan tuman tushishi mumkin. 16-fevralga o‘tar kechasi -2…0 daraja sovuq, 16-fevral kuni kunduzi esa +6…+8 daraja iliq bo‘ladi.
17-fevral kuni kechasi -3 darajagacha sovuq, kunduzi esa +10 darajagacha iliq bo‘ladi. 18—20-fevral kunlari Toshkent shahrida havo harorati kechasi -2…+5 daraja, kunduzi esa +15…+20 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
16—17-fevral kunlari havo harorati kechasi -8…-3 daraja sovuq, kunduzi esa +5…+10 daraja iliq bo‘ladi. 18—20-fevral kunlari havo harorati biroz ko‘tariladi — kechasi -5…0 daraja sovuq, kunduzi esa +8…+13 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
16-fevral kuni kechasi -7 darajagacha sovuq, kunduzi esa +7…+12 daraja iliq bo‘ladi. 17-fevral kuni esa kechasi -3…+2 daraja, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 18—20-fevral kunlari havo harorati kechasi -2…+5 daraja, kunduzi +12…+17 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
16-fevral kuni vaqti-vaqti bilan tuman tushadi. 16—17-fevral kunlari kechasi havo harorati -3…+2 daraja, kunduzi esa +5…+10 daraja iliq bo‘ladi. 18—20-fevral kunlari esa havo harorati biroz ko‘tarilib, kechasi 0…+5 daraja, kunduzi esa +12…+17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
16—17-fevral kunlari kechasi havo harorati -3 darajagacha sovuq bo‘ladi, kunduzi esa +13 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda. 18—20-fevral kunlari havo harorati ko‘tariladi — kechasi +7 darajagacha, kunduzi esa +20 darajagacha iliq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
16-fevral kuni vaqti-vaqti bilan tuman tushadi. 16—18-fevral kunlari kechasi -7 darajagacha sovuq bo‘ladi, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi. 19—20-fevral kunlari havo harorati ko‘tarilib, kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +10…+15 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlari
20-fevralga qadar vaqti-vaqti bilan tuman tushib turadi. Qor ko‘chishi xavfi 19-fevralgacha saqlanib qoladi. 16—17-fevral kunlari kechasi havo harorati -13 darajagacha, 18—20-fevral kunlari esa -10 darajagacha sovuq bo‘ladi. Kunduzi esa 16—17-fevraldagi +2 darajadan 18—20-fevral kunlari +5 darajagacha oshishi kutilmoqda.