O‘zbekistonda naqd va naqdsiz pul muomalasi o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi
- Категории: Yangiliklar
- Название: O‘zbekistonda naqd va naqdsiz pul muomalasi o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi
- Дата релиза: 22-01-17, 11:09
Qonun hujjatlarini baholash tizimi portaliga “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasi joylandi. Norma yozishicha, u naqd va naqdsiz pul muomalasi o‘rtasidagi farqlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘zda tutadi.
Xususan, naqdsiz hisob-kitoblar hajmini va qamrovini oshirish maqsadida to‘lov terminallaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi miqdorini ikki martaga qisqartirish taklif etilmoqda. Bugungi kunda banklar tomonidan belgilangan ijara stavkasi oyiga 10 yevroga teng.
Shu bilan birgalikda, plastik kartadagi mablag‘larni boshqa kartaga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, naqd pulsiz ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar o‘rnatganlik uchun javobgarlik yanada oshiriladi, shu tariqa, ichki bozorda narxning shakllanish tartibini boshqarishda bozor mexanizmlari joriy qilinadi.
Shuningdek, kredit kartalari yanada faolroq tarzda muomalaga kiritiladi. Ular aholiga muayyan vaqt davomida belgilangan limit doirasida bank mablag‘lari hisobidan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Nashr eslatishicha, loyihaga o‘zgartirish kiritilishi, qo‘shimcha qo‘shilishi yoki u rad etilishi ham mumkin.
Manba: Daryo.uz