O‘zbekistonda qariyb 40 ming kishi amnistiya qilindi
- Категории: Yangiliklar
- Название: O‘zbekistonda qariyb 40 ming kishi amnistiya qilindi
- Дата релиза: 22-01-17, 11:10
O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining 2016-yil 12-oktabrdagi amnistiya to‘g‘risidagi qarori 39 748 kishiga nisbatan amal qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori, huquqshunoslik fanlari doktori Aziz Mirzayevning “Pravda Vostoka” gazetasida chop etilgan maqolasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Jazoni o‘tashdan 5408 nafar ayol, 893 nafar yigit (ular jinoyatni amalga oshirgan vaqtida 18 yoshga to‘lmagan) va 1045 nafar 60 yoshdan oshgan erkak ozod etildi.
Amnistiya to‘g‘risidagi hujjatda birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, shuningdek, amnistiya to‘g‘risidagi qaror kuchga kirishidan oldin kamida bir yil davomida jazo muddatini o‘tashga to‘sqinlik qiluvchi kasallikka chalingan deb topilgan shaxslarni jazodan ozod etish ko‘zda tutilgan. Ushbu bandga asosan 144 kishi amnistiya qilingan.
Amnistiya to‘g‘risidagi aktning boshqa bandlariga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishida jazo olgan mahbuslarni ozod etish yoki o‘talmagan muddatning ma’lum qismini qisqartirish nazarda tutilgan.