Главная » Yangiliklar » O‘zbekistonlik mobil aloqa abonentlariga SMS-spam kela boshladi
O‘zbekistonlik mobil aloqa abonentlariga SMS-spam kela boshladi

O‘zbekistonlik mobil aloqa abonentlariga SMS-spam kela boshladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O‘zbekistonlik mobil aloqa abonentlariga SMS-spam kela boshladi
  • Дата релиза: 01-09-14, 22:03
O‘zbekistonlik mobil aloqa abonentlariga SMS-spam kela boshladi

O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlariga spam SMS-xabarlar kela boshladi. Bu haqda Facebook’dagi Potrebitel.uz guruhi a’zolari xabar berdi.

 SMS’da rus tilida “Salom, senga foto” degan jumla bo‘lib, unga link ilova qilingan. Guruh foydalanuvchisining yozishicha, link ochilsa, telefonga avtomatik tarzda dastur o‘rnatiladi va qurilmaga kiritilgan barcha raqamlarga shunday SMS-xabar jo‘natiladi. “Ehtiyot bo‘ling!”, — deya ogohlikka chaqirgan post muallifi.

 Xabarga ilova qilingan rasmda guruh a’zosi Ucell abonenti ekanini ko‘rish mumkin. Biroq postga fikr bildirgan Beeline abonentlari ham ularga xuddi shunaqa SMS’lar kelganini qayd etgan.

 Guruhning ko‘pchilik a’zolari post muallifidan SMS-spamlar haqida ogohlantirgani uchun minnatdor bo‘lib, izoh qoldirgan.

 Eslatib o‘tamiz, iyul oxirida Beeline qayta qo‘ng‘iroq, SMS-xabar yoki elektron xat olish maqsadida yuborilayotgan va tez takrorlanayotgan SMS-spam holatlari haqida ogohlantirgan edi.

 Bunday SMS kelganida (masalan, “Zdravstvuyte, pozvonite mne srochno 002454056520”), Beeline zinhor firibgarlarga qayta qo‘ng‘iroq qilmaslikni va javob bermaslikni, shunchaki uni o‘chirib tashlashni tavsiya qilgan edi.

Логин:
Пароль: