Главная » Yangiliklar » “O‘zbekkonsert” 2017-yilda kliplari telekanallardan olib tashlangan xonandalarni ma’lum qildi
“O‘zbekkonsert” 2017-yilda kliplari telekanallardan olib tashlangan xonandalarni ma’lum qildi

“O‘zbekkonsert” 2017-yilda kliplari telekanallardan olib tashlangan xonandalarni ma’lum qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: “O‘zbekkonsert” 2017-yilda kliplari telekanallardan olib tashlangan xonandalarni ma’lum qildi
  • Дата релиза: 09-01-18, 18:46
“O‘zbekkonsert” 2017-yilda kliplari telekanallardan olib tashlangan xonandalarni ma’lum qildi
O‘zbekiston milliy matbuot markazida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining 2017-yilda bajarilgan ishlari va 2018-yildagi ustuvor vazifalar mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, san’atkorlar hamda OAV xodimlari ishtirokida o‘tdi. Matbuot anjumanida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining direktori Odiljon Abduqahhorov 2017-yilda kliplari davlat va xususiy telekanallardan olib tashlangan xonandalar haqida gapirib o‘tdi.

Umumiy hisobda, yil davomida milliy mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan jami 12 ta videoklip davlat hamda xususiy telekanallardan olib tashlandi. Shahlo Ahmedova, Bunyodbek Saidov, Sardor Mamadaliyev, Rayhon G‘aniyevalar shular jumlasidandir.

Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: