Obid Asomov yurak xuruji emas, boshqa xastalik sababli shifoxonada
- Категории: Yangiliklar
- Название: Obid Asomov yurak xuruji emas, boshqa xastalik sababli shifoxonada
- Дата релиза: 13-12-18, 12:59
11 dekabr kuni bir qancha internet-nashrlarda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist Obid Asomov og'ir yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar paydo bo'ldi. Biz ham bu haqda xabar bergan edik. Daryo.uz nashri Obid Asomovning ayni paytdagi ahvoli qandayligiga oydinlik kiritdi.
Shu yilning may oyidan «Multipikatsion filmlar studiyasi» DUK direktori lavozimida ish boshlagan taniqli so'z ustasi, aktyor va rejissyor Obid Asomovning hozirgi holatini bilish maqsadida uning shaxsiy telefoniga qo'ng'iroq qildik. Go'shakni qiziqchi O'tkir Muhammadxo'jayev ko'tarib, quyidagicha javob berdi:
«Haqiqatan ham, Obid akam kechadan buyon poytaxtdagi 1-son shahar klinik shifoxonasida davolanmoqda. Ammo ayrim saytlarda yozilganidek, og'ir yurak xurujini boshdan kechirgani yo'q. Yengil shamollagani tufayli shifokorlar «Agar to'y va tadbir xizmatlaringiz kamroq bo'lsa, bir necha kun yotib davolaning» deyishdi. Shu tufayli ayni paytda sog'lig'ini tiklamoqda. Hozir ahvoli yaxshi hamda vahima qiladigan darajada emas».
Manba: Hordiq.uz