Olimlar katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Rossiyadagi chuqur sirini ochishdi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Olimlar katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Rossiyadagi chuqur sirini ochishdi
- Дата релиза: 02-08-14, 17:44
Uzoq tortishuvlardan keyin olimlar Rossiyaning Yamal yarimorolida paydo bo‘lgan 30 metr diametrli chuqurning sirini ochishga muvaffaq bo‘ldi. Tadqiqotchilarning fikricha, u eriyotgan abadiy muzloq yerlardan metan otilishi natijasida yuzaga kelgan. Bu haqda Vesti.ru xabar berdi.
Taxminlarga ko‘ra, chuqur 2012- va 2013-yil yoz mavsumlarida kuzatilgan haddan ziyod jazirama bilan bog‘liq. O‘sha vaqtda harorat o‘rtachadan naq 5 darajaga baland bo‘lgan. Harorat oshib borgani sari abadiy muzloq yerlar erigan va avval muz ichiga qamalib qolgan metan otilib chiqa boshlagan.
Tadqiqotda ishtirok etmagan boshqa bir guruh olimlar ikkita jazirama mavsum abadiy muzloqni erita olmasligini, bunga global isishning 20 yillik ta’siri sabab bo‘lganini ta’kidladi.
Tadqiqotchilar o‘z nazariyalarini isbotlash uchun chuqurni yana bir bor o‘rganib chiqishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, chuqur iyul boshlarida vertolyot bortidan ko‘zga tashlangan. Qisqa muddatda OAVlarda ham, internet tarmog‘ida ham chuqurning kelib chiqishiga doir turli taxminlar tarqaldi. Ayrimlar chuqur o‘zga sayyoraliklar mavjudligidan darak berayotganini aytgan bo‘lsa, boshqa bir foydalanuvchi Rossiya o‘zining yangi ommaviy qirg‘in qurolini sinovdan o‘tkazayotgani haqida izoh qoldirgan.