Ozodbek Nazarbekov qizining to`yi munosabati bilan osh berdi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Ozodbek Nazarbekov qizining to`yi munosabati bilan osh berdi
- Дата релиза: 23-04-17, 00:12
Ozodbek Nazarbekov qizining to`yi munosabati bilan osh berdi
O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bugun, 22 aprel kuni ikkinchi qizi Layloning to`yi munosabati bilan osh berdi.
Osh dasturxoni poytaxtdagi “Navro`z” restoranida yozilgan. San`atkorning hamkasblari, o`zbek san`atining taniqli vakillari to`yda mehmon bo`ldi. O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov, Yodgor Sa`diev, Obid Asomov, xonandalar Botir Qodirov, Ilhom Farmonov, Og`abek Sobirov, Anvar Sobirov, To`lqin Jabborov, Ilhom Ibrohimov, “Surxon” guruhi xonandalari va boshqalar Ozodbek Nazarbekovning quvonchli kunida yonida bo`lishdi.
Ozodbek Nazarbekovning ikkinchi qizi Laylo bu yil 19 yoshni qarshi oladi. Xonanda o`zining intervyularidani birida qizi xech kimga o`xshamasligini, judayam og`ir va bosiq ekanligini aytib o`tgandi.
Fursatdan foydalanib, Parvona.com tahririyati nomidan ikki yoshga baxt-saodat tilab qolamiz!
Manba: Darakchi.uz