Parij yaqinida portlash sodir bo`ldi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Parij yaqinida portlash sodir bo`ldi
- Дата релиза: 03-02-17, 14:07
Bugun, 3 fevralga o`tar kechasi Parij yaqinidagi Nuazi-le-gran shahrida kuchli portlash sodir bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Nashrning ma`lumot berishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da sodir bo`lgan. Avvaliga pavilonlardan biridagi gaz balon, keyin uning yonidagi balonlar portlagan. Shundan keyin yong`in boshlanib, bino batamom yonib ketgan. Qutqaruvchilar pavilon ichidan yong`inda kuygan 45 yoshli erkakni olib chiqishdi va kasalxonaga etkazishdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, 5 kishi yaralangan, ulardan biri og`ir ahvolda. Shahar o`t o`chirish xizmati kapitani Giyom Fress (Guillaume Fresse)ning xabar berishicha, ikki marta portlash sodir bo`lgandan keyin uylardan birida yong`in ko`tarilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 4 kishi halok bo`lgan. Yong`inni o`chirish uchun o`ttizga yaqin o`t o`chiruvchi jalb etilgan. Hozircha voqea sababi aniqlanmagan.